USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rasman: Lola Karimova eri bilan ajraşdi

473 марта
Расман: Лола Каримова эри билан ажрашди
“Тошкентга келди, бувимдан хабар олмади”. Лола Каримовага қизи ҳам “ҳужумга ўтди”

“Toşkentga keldi, buvimdan xabar olmadi”. Lola Karimovaga qizi ham “hujumga ötdi”

Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidentining kenja qizi Lola Karimova turmuş örtoği Temur Tillyayev bilan rasman ajraşganini elon qildi. Bu haqda u özining Instagram’dagi postiga qoldirgan izohida yozgan. 

47 yaşar Lola Karimova keça, 22 iyun kuni bino liftida piyon gullar bilan tuşgan suratini joylab, şunday deb yozdi: 

“Özimga gullar oldim. Özimni tanladim. Rasman ajraşdim. Va baxtliman. Oldinda çinakamiga meniki bölib tuyuladigan içki hayot bor”. 

Malumot uçun, Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 2 sentyabr kuni boş miyada qayta tiklanmaydigan özgarişlarga va poliorgan yetişmovçiligiga olib kelgan miya qon aylanişining ötkir buzilişi (insult) oqibatida vafot etdi. Uning vafotidan keyin oilaning kenja qizi Lola Karimova Özbekistondagi barça lavozimlari va bizneslarini taşlab, turmuş örtoği va farzandlari bilan AQŞga köçib ötdi. 

U AQŞdan turib Islom Karimov nomidagi Respublika jamoat fondini yuritmoqda. Şuningdek, “The harmonist” attorlik mahsulotlari brendiga ham asos solgan. 

Oilaning tönğiçi Gulnora Karimova bir neça ayblovlar bilan hibsda qolmoqda. Karimovning nabiralaridan Maryam Tillyayeva ham Toşkentda yaşamoqda. U ota-onasi bilan munosabatlarini uzgan. 

Lola Karimovaning turmuş örtoği Temur Tillyayev – yirik tadbirkor. U ommaviy axborot vositalarida kam köriniş berişni afzal köradigan, soyadagi yirik biznes vakillaridan biri sifatida tanilgan. Özbekistonda uzoq yillar davomida eng yirik ulgurji savdo markazlaridan biri bölgan "Abu Saxiy" bozori (va şu nomdagi xalqaro yuk taşiş/logistika kompaniyasi) u bilan boğlangan. Islom Karimovning vafotidan keyin, 2017 yil oxirida uşbu bozor boşqa egalariga ötgani elon qilingan edi.

Hozirda u asosan xorijda (AQŞ va Yevropa) logistika, savdo va köçmas mulk sohasidagi xalqaro biznes loyihalarini boşqaradi. 

Lola Karimova va Temur Tillyayevning ikki qiz, bir öğli bor. Tönğiç qiz – Maryam Tillyayeva 2021 yil rossiyalik bloger Amiran Sardarov bilan turmuş qurgan va 2023 yil u bilan rasman ajraşgan edi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: