Lola Karimovaga qizi ham “hujumga ötdi”
16-09-2025, 15:02
3 630 марта

Lola Karimovaga qizi ham “hujumga ötdi”
Özbekiston Birinçi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi, bloger Maryam Tillyayeva onasi Lola Karimova-Tillyayeva bilan 5 yildan beri gaplaşmayotganini aytdi. Bu haqda u keça, 15 sentyabr kuni Instagram sahifasida obunaçilaridan kelgan savollarga javoban malum qildi.Maryam Tillyayeva onasi yaqin qarindoşlari orasida u muloqotni butunlay uzgan yagona inson ekanini aytgan.
“Men uning özini tutişini juda ğalati deb hisoblayman: u doimo boşqalarga özini yaxşi körsatişga, bazida jabrdiyda ayol bölib körinişga intiladi. Biroq Özbekistonga kelgan bölsa-da, onasining uyiga hatto qadam ham bosmagan va özini juda ğalati tutgan”, deb yozgan bloger.
U bunday holat bir paytlar unga oğriqli tasir qilgani, lekin hozir bunga könikkani va şunçaki onasi şunaqaligi faktini qabul qilganini bildirgan. Ukasi va singlisiga esa açinişini yozgan.
“Biz beş yildan beri gaplaşmayotganimizga qaramay, mening içki sezgim juda kuçli va heç qanday aloqa qilmasam-da, qandaydir tarzda uning hayotida nimalar yuz berayotganini bilib turaman.
Vaqt ötişi bilan özaro munosabatlardagi muammolar köpayib bordi. Men qaçon yaraşişimiz mumkinligini bilmayman, çunki uni borgan sari tanimay qolyapman... Eşitganlarimga köra, u özidan qoçadigan va omma etiborini qozoniş uçun köp narsaga qöl uradigan odamdek körinmoqda”, deb yozdi u.
Maryam Tillyayeva oilasining tarixi murakkab ekanini, bazi voqealarni esa buvisi Tatyana Karimova va boşqa qarindoşlariga hurmat yuzasidan oşkor eta olmasligini qayd etgan.
Şuningdek, Maryam Tillyayeva onasi Lola Karimova-Tillyayevaning unga qarşi nosoğlom raqobat qilişga urinişini his qilişini ham qöşimça qilgan.
“Bu sözlarim, albatta, mantiqqa töğri kelmaydi: axir men qanday qilib unga raqobatçi bölişim mumkin? U meni dunyoga keltirgan bölsa, men 50 foiz onam, 50 foiz otamman”, deb yozadi bloger.
Blogerning obunaçilaridan biri esa Maryamning oilasiga havas qilmasligini, bunday oilani heç kimga ravo körmasligini yozgan. Manyam Tillyayeva ham uning fikriga qöşilib, döstlari ham unga havas qilmasligini bildirgan.
“Nima bölganda ham, yuqori mansab va pul kabilar asab, köz yoşlar va oilaviy mojarolarga arzimaydi.
Men özim uçun qaror qilganman: bundan keyin hayotimdan faqat zavqlanib yaşayman, özim istagan işni qilaman. Oçiği, kim nima desa ham menga farqi yöq. Men yaqinlarimning xatti-harakatlari uçun javobgar emasman va aniqki Tereza ona emasman, hammani qutqariş yoki yaraştiriş vazifam emas. Men şunçaki öz hayotimni yaşayman va öz oilamni quraman”, deb yozadi Maryam Tillyayeva.