USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Qiçimagan joyni qaşlaş nojoizdir”. Qudratxöja Lola Karimovaga otasining xatolarini eslatdi

272 марта

“Qiçimagan joyni qaşlaş nojoizdir”. Qudratxöja Lola Karimovaga otasining xatolarini eslatdi

Yaqindagina “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Şerzodxon Qudratxöja Birinçi Prezident Islom Karimovning vafotiga 9 yil tölişi munosabati bilan: “Özbekiston Suriyaga aylanmagan bölsa, bu Islom Karimovning dono siyosati sabab” ekanini aytib çiqqan Lola Karimovaga otasining xatolarini eslatib, unga "Qiçimagan joyni qaşlamaslikni” maslahat berdi. U bu haqda Karimovaning gaplari ilova qilingan postida yozib qoldirgan.

“Singlimiz Otalaridan yaxşilab sörasalar bölarkan nimaga bunday bölganini. Balkim qöşnilardan farqli ravişda aynan bizda radikallaşuvga olib keluvçi 90 yillardagi notöğri tutilgan siyosat sababdir?” deya post yozgan u.

Qolaversa, Jurnalistika universiteti rektori “mohirona va har taraflama öylangan siyosat tutilmagani uçun” minglab taqdir-u qismatlar sinib ketganini bildirgan.

“Balkim aynan Islom Karimovning boşqaruv uslubi (bizni sobiq Suriya yo sobiq Afğonga öxşab qolişimiz) bu unsurlarni keltirib çiqargandir? Otalari aytganidek, qiçimagan joyni qaşlaş nojoizdir…”, degan Qudratxöja.

Uşbu post keng muhokamalarga sabab bölib, rektor tarmoq foydalanuvçilarining bazi qatlami tomonidan sazoyi qilinib, özi ham Karimov davrida davlat işida işlagani eslatilib, nega öşa vaqtda bu gaplarni aytmagani savol ostiga olindi. Qudratxöjaning Karimov yonida Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Quddus Azam bölgan davrada kulib tuşgan surati ilova qilinib, rektor marhum prezidentga yaqin bölgani aytildi.
Ислом Каримов, Абдулла Орипов, Қуддус Аъзам, Эркин Воҳидов, Шерзодхон Қудратхўжа.
Islom Karimov, Abdulla Oripov, Quddus Azam, Erkin Vohidov, Şerzodxon Qudratxöja.
“Şerzodxon Qudratxöja, töğri öşa davrda rektor bölmagandirsiz, orden olmagandirsiz, ammo biz sizni telekanalda öşa davrda taniganmiz. Çekka viloyatda ötirib sizning şarhlaringiz, informatsion dasturlardagi reportajlaringizni körib jannatda yaşayotganimizga işonganmiz. Qarang-a, siz ham Yulduz opaga öxşab iç-içingizdan ezilgan ekansiz-da”, deb yozdi Xalqaro kimyo universiteti professori Gulnoza Odilova.

Jurnalist Karimberdi Töramurod rektorning fikrlariga qöşilganday bölib, Karimov içkaridagilar (tahr. qamoqdagilar) sonini taşqaridagilar bilan teng qilmoqçi bölganini aytdi.

“Otasining bitta orzusi amalga oşmay qoldi, umri tugab qoldi: içkaridagilarning sonini taşqaridagilarning soniga teng qilmoqçi edi!” dedi u.

Özbekistonda xizmat körsatgan artist Gulbahor Erqulova esa ötganlarni yomonlaş, ularning kamçiliklarini qidiriş faqat Özbekistonda borligidan nolib, izoh yozdi.

“Ötganlarni yomonlaş, kamçiligini topişga ustalar bir özlari ularning örnida bölişganida bilişar edi. Eh, u insonni boşiga tuşgan işlar heç kimning boşiga  tuşmasin. Faqat bizni davlatda oldingilarni gapiriş bor”, dedi maqom ijroçisi.

Yuzlab bunday izohlarga javoban Şerzodxon Qudratxöja raddiya berib, bir kun avval yozilgan postiga şunça munosabat bölişini kutmaganini, negativ yozganlarning fikri ham qiziq ekanini aytdi va aynan bugungi zamona şaroiti oldingi davrdan farqli ravişda hurfikrlikni yuzaga keltirganini davo qilib, haqorat bölmasa, hamma tanqidga çidaşini bildirib, unga yönalgan savollarga uç asosda javob berdi.

“Javoblarim qöyidagiça: birinçidan, men heç kimga qarşi yozmadim, siyosatşunos olim sifatida boşqa fikrga öz fikrim va pozitsiyamni bildirdim (axir mumkin-ku), ikkinçidan, ölganlar töğrisida odatda yomon gapirilmaydi, ammo bu holatda gap oddiy mömin, musulmon töğrisida ketmayapti, biz siyosatşunoslik va tarix fani doirasida doimo marhum qirollar, imperatorlar, sarkardalar, podşohlar, prezidentlar, boş vazirlar, vazirlar faoliyati va umrini keys sifatida örganamiz. Unda insoniyatga nega na tarix, na siyosatşunoslik, na falsafa fanlari kerak ekan? Uçinçidan, öşa davrda bitta men emas, heç kim heç narsa gapirolmagan, ozgina gapirişga jurat qilğonlar yo qamalib qutilgan, yo Özbekiston Qahramonlari bölsa ham barça kursilaridan yiqitilgan, quvilgan, odamlar ham körişmaydigan qilib qöyilgan, bazilar esa hatto jismonan yöq qilingan”.

Rektor öşbu keysda SSSR rahbari Nikita Xruşçyov bilan bölgan voqeani esladi.

“Stalin ölgandan söng 20-sezdda Nikita Xruşçyov uning zulmi va yovuzligi haqida doklad qilganida zalda ötirgan bir odam ötirgan joyidan baqirgan ekan “Xöş, nega öşa payt gapirmagansiz deb? Xruşçov: “Kim u? Turing”, debdi. Sukunatmiş. Şunda Nikita Sergeyeviç aytgan ekan: “Kördingizmi? biz ham qörqqanmiz öşanda, jim yurganmiz”.

Qudratxöja bugunga kelibgina gapirayotgani, oğzi, özi botir bölayotganini takidladi va buni siyosatdan nari, rahbarni ilohiylaştirgan nostalgik kayfiyatdagilar qatlami tuşunmasligini, ammo repressiyalarda yaqinini yöqotganlar, “şu zulmat yillarda quvilganlar”, ularning oilalari, farzandlari rektorni bittada tuşunişini aytdi.

“Xonadonida yillab aza tutgan, motamda yurganlar, ezilganlar meni tuşunadi. Xoh u akademik bölsin, xoh biznesmen, xoh fermer, xoh oddiy dindor, yo imom. Tarixni va uning qora kunlarini şunça unutganimiz yetar endi, bunday kunlar yana qaytmasligi uçun ham eslaşimiz, bilişimiz kerak”, deya qöşimça qildi u.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: