Rossiyaga bormanglar, u yerda sizni urişadi, tepişadi, haqoratlaşadi – Qudratxöja
9-06-2025, 17:19
770 марта

Rossiyaga bormanglar, u yerda sizni urişadi, tepişadi, haqoratlaşadi – Qudratxöja
Yigitlar, qizlar, şu Rossiyaga bormanglar, u yerda sizlarni urişadi, tepişadi, haqoratlaşadi. Rossiyada sizni qadrlaşmaydi, aksinça, oyoqosti qilişadi. Vaholanki, özining xalqi qilmaydigan eng oğir işni sizlar qilyapsizlar, afsuski, evaziga şunday “mukofot” olyapsizlar! Bu gaplarni Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Şerzodxon Qudratxöja Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi.Rektor posti ostiga şu kunlarda Moskvada migrantlarga nisbatan ötkazilayotgan reyd tadbirlari, kuç işlatar tuzilmalarning mehnat muhojirlariga qarşi qöpol xatti-harakatlari aks etgan videoni ilova qilib, aholisi yiligi qariyb 1 millionga ortayotgan Özbekiston işçi kuçini boşqa mamlakatlarga yönaltirişga majburligi, ammo, şunday bölsa-da Rossiyaga boriş örniga boşqa yölni tanlaşni tavsiya qilgan.
Rossiyaga bormanglar, u yerda sizni urişadi, tepişadi, haqoratlaşadi – Qudratxöja
“Özbekistonda bir yilda bir millionga yaqin odam tuğilyapti. Albatta, Özbekiston iqtisodiyotiga şunça odamni muntazam iş bilan taminlaş, tabiiyki, qiyin. Bunday muammo boşqa rivojlanayotgan mamlakatlarda ham mavjud. Köp inson tuğilar ekan, katta miqdordagi işçi kuçini boşqa davlatlarga eksport qilişi ham tabiiy jarayon. Lekin men yoşlarimizga aytmoqçimanki, yigitlar, qizlar, şu Rossiyaga bormanglar, u yerda sizlarni urişadi, tepişadi, haqoratlaşadi. Rossiyada sizni qadrlaşmaydi, aksinça, oyoqosti qilişadi. Vaholanki, özining xalqi qilmaydigan eng oğir işni sizlar qilyapsizlar, afsuski, evaziga şunday “mukofot” olyapsizlar!