Lola Karimova örnida UNESCÖda 5 yil işlagan Şodiyev endi elçilikka tayinlandi
8-04-2026, 13:29
188 марта

Lola Karimova örnida UNESCÖda 5 yil işlagan Şodiyev endi elçilikka tayinlandi
Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva Özbekiston UNESCO huzuridagi doimiy vakili lavozimini tark etganidan keyin uning örnini egallab, 2023 yilgaça uşbu lavozimda işlagan va tilga tuşgan Umid Rustamoviç Şodiyev Özbekistonning Birlaşgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlandi. Uning nomzodi Oliy Majlis Senatining 14-yalpi majlisida körib çiqilib, senatorlar tomonidan maqullangan.Senatorlar uşbu nomzod taşqi siyosat sohasida çuqur bilim va amaliy könikmalarga hamda mamlakat milliy manfaatlarini xalqaro maydonda munosib va samarali tarzda ilgari suriş salohiyatiga ega ekanini urğulagan.