USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qarşida psixotrop dori sotayotgan feldşer qölga tuşdi

63 марта
Қаршида психотроп дори сотаётган фельдшер қўлга тушди

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida tez tibbiy yordam stantsiyasi brigada feldşeri psixotrop dorilarni sotayotganda qölga tuşdi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Qayd etilişiça, departamentning Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida Qarşi şahri, “Qorliqboğot” mahallasi hududida joylaşgan savdo majmuasi yonida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Kasbi tumani tez tibbiy yordam stantsiyasi brigada feldşeri vazifasida işlovçi şaxs fuqaroga uç turdagi jami 200 dona dori vositalarini 15 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Mutaxassislarning xulosasiga köra, olingan 300 mg dozadagi 60 dona tabletka tarkibida 18 gramm inson ruhiyatiga kuçli tasir qiluvçi modda mavjudligi aniqlangan.

Şuningdek, departamentning Çilonzor tuman bölimi hamda Içki işlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Unda fuqaro xaridorga beş dona hamda uç quti inson ruhiyatiga kuçli tasir qiluvçi dori vositasini jami 295 AQŞ dollariga sotgan vaqtida uşlanib, undan tarkibida kuçli tasir qiluvçi moddasi bölgan bahosi 388 million 352 ming sömlik jami 1156 dona dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.

Bildirilişiça, hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonning 3 ta hududida narkosavdogarlar 12,7 kg narkotik bilan qölga tuşgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: