Toşkentda 25 bolani Damas’da taşigan hujjatsiz “şovvoz” uşlandi
Toşkent şahrida 25 nafar boğça bolasini Damas’da olib ketayotgan haydovçi aniqlandi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 4 sentyabr kuni Toşkent şahrining Yaşnobod tumani Ohangaron köçasida xizmat olib borayotgan Yöl-patrul xizmati inspektori, kiçik serjant Laziz Sotiboldiyev oq rangli Damas avtomobilini töxtatib, tekşirgan. Tekşiruv davomida transport vositasida yölovçilarni meyoridan ortiq taşiş qoidasi buzilgani, yani avtomobil içida 25 nafar boğça bolasi bölgani aniqlangan.
Haydovçining hujjatlari tekşirilganda esa uning transport vositasini boşqariş huquqini beruvçi hujjatlari yöqligi malum bölgan. Aniqlanişiça, u avval mast holda transport vositasini boşqargani uçun sud hukmi bilan transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etilgan. Haydovçi holat yuzasidan bolalarning ota-onalari va boğça tarbiyaçilaridan uzr söragan. Hozirda Damas vaqtinça saqlaş uçun jarima maydonçasiga joylaştirilgan.
Malumot uçun, Boş prokuratura bolalarni taşiş qoidalarini buzganlik uçun javobgarlikni kuçaytirişni taklif qilmoqda. Bu böyiça tegişli qonun loyihasi işlab çiqilgan. Unga köra, haydovçilarga bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravarigaça, yani 20,6 million sömgaça jarima soliş, uç yilgaça transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etiş, ayrim hollarda esa 15 sutkagaça mamuriy qamoq jazosi qöllaş taklif etilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Toşloq tumanida 28 nafar bolani Damas rusumli avtomaşinada noqonuniy olib ketayotgan haydovçiga çora körilgan edi.