Marğilondagi “raddom”da fojia: hamşiralar piçoqlandi. Qurbon bor
Farğona viloyatining Marğilon şahridagi 4-tuğuruqxonada katta hamşira boşqa hamşiralarni piçoqladi. Oqibatda 2 kişi jarohatlandi, 1 kişi vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Malum bölişiça, hodisa, keça, 7 sentyabr kuni sodir bölgan. Fojia sababi hozirça malum emas. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritiş maqsadida Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov bilan boğlandi.
Uning bildirişiça, hodisa oqibatida 2 kişi jabrlangan, 1 nafari vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Qöştepa tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi şaxsa (ayol) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyati Zarbdor tuman sudi 77 yoşli taksi haydovçisini öldirib, uning puli, telefoni va avtomaşinasini egallagan şaxsga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi.