Vaxşiy qotillik: 77 yoşli “taksist”ni böğib öldirgan şaxsga hukm öqildi
Jizzax viloyati Zarbdor tuman sudi 77 yoşli taksi haydovçisini öldirib, uning puli, telefoni va avtomaşinasini egallagan şaxsga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi. QALAMPIR.UZ sud hujjatlari bilan tanişdi.
Qayd etilişiça, voqea joriy yilning 30 mart kuni sodir bölgan. Ş.X. Ğallaorol tumanida taksi haydovçisi J.B. ning Nexia-3 avtomaşinasiga yölovçi sifatida ötirib, uni göyoki çorva sotib oliş uçun odamlardan uzoq hududga olib borgan.
U yerda Ş.X. haydovçiga hujum qilib, uni urgan, qöl-oyoqlarini sim bilan boğlagan va böynidan böğib öldirgan. Sud-tibbiy ekspertizasi marhumning ölimi mexanik asfiksiya, yani böyin sohasining siqilişi natijasida yuz berganini aniqlagan.
Şundan söng Ş.X. marhumning çöntagidan 150 ming söm pul, Nokia 1280 telefoni va avtomaşina kalitini olgan. Keyin J.B. ga tegişli Nexia-3’ni haydab, Samarqand tomon yöl olgan va YPX xodimlari tomonidan uşlangan.
Sud hukmiga köra, Ş.X. Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi “v, i” bandlari, 164-moddasi (bosqinçilik) 3-qismi “a, g” bandlari hamda 267-moddasi (transport vositasini olib qoçiş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Unga jinoyatlar majmui böyiça 19 yil, avvalgi hukm bilan tayinlangan 8 yillik jazosi qisman qöşilgan holda uzil-kesil 20 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Hukmga köra, Ş.X. jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaydi hamda jazo muddati joriy yilning 1 aprelidan hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijonda 21 nafar bolani Tracker’da taşigan boğça xodimi YTH sodir etib, bir bolaning ölimi va yana yetti nafar tarbiyalanuvçining jarohat olişiga sabab bölgandi. Sud unga 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosini tayinlab, 2 yilga transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilgani haqida xabar berilgan edi.