IIO xodimi 43 yoşli erkakni Nexia’da urib öldirdi. Murda hali topilmagan
15-12-2025, 18:55
2 535 марта

IIO xodimi 43 yoşli erkakni Nexia’da urib öldirdi. Murda hali topilmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyati Bekobod tuman Içki işlar bölimi Jinoyat qidiruvi bölimi tezkor xodimi 43 yoşli erkakni maşinasida urib ketişi oqibatda erkak vafot etgani, şuningdek, IIO xodimi marhumning murdasini daryoga oqizib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov xabar berdi.Uningbildirişiça, haqiqatan ham joriy yilning 11 dekabr kuni Bekobod tumani “Qoraquyli” MFY hududidan ötgan “Qorasuv-Böka-Bekobod” avtomobil yölining 64-kilometrida oq rangli Nexia-3 rusumli avtomaşina piyodani urib yuborib, yöl-transport hodisasi sodir etgan. Uşbu avtohalokat oqibatida 43 yoşli erkak B.U. vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 12 dekabr kuni Bekobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi va 117-moddasi (xavf ostida qoldiriş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi şaxsga “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda, marhum B.U. ning murdasini topişga qaratilgan tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.