Toşkentda birovni “podstava” qilmoqçi bölganlar özlari “tuzoq”qa tuşdi
Toşkent viloyatida 2 nafar şaxs muqaddam yuzaga kelgan kelişmovçilik sababli 2003 yilda tuğilgan fuqaroni qasddan jinoiy javobgarlikka tortiş maqsadida uning avtomaşinasiga giyohvand modda taşlab qöyişni rejalaştirgani aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, Parkent tumani hamda Yuqori Çirçiq tumanlarida yaşovçi 1980 va 1974 yilda tuğilgan 2 nafar şaxs 2003 yilda tuğilgan fuqaro bilan muqaddam yuzaga kelgan kelişmovçilik sababli uni qasddan jinoiy javobgarlikka tortiş maqsadida xufiyona til biriktirgan.
Ular uşbu rejani amalga oşiriş maqsadida 1996 yilda tuğilgan fuqaroni 500 ming söm evaziga yollagan. Rejaga köra, u 1,2 gramm gaşiş giyohvandlik moddasini fuqaroning avtomaşinasiga taşlab qöyişi kerak bölgan.
Mazkur şaxslar reja böyiça giyohvandlik moddasini avtomaşinaga taşlab qöyiş uçun berayotgan vaqtida tezkor tadbir iştirokçilari tomonidan aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda narkotik tarqatiş bilan şuğullangan transmilliy jinoiy uyuşmaning 14 nafar turli darajadagi azolari qölga olingan edi.