USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda yirik oğufuruşlar tarmoği foş etildi 

79 марта
Тошкентда йирик оғуфурушлар тармоғи фош этилди 

Toşkent şahri va Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida mefedron hamda gaşiş giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan şuğullangan bir neça şaxs qölga olindi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.

 

Qayd etilişiça, Ohangaron tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda 1996 yilda Navoiy viloyatida tuğilgan, Konimex tumanida yaşovçi fuqaro Toşsoy mahallasidagi dala maydonida oldindan belgilangan joydan 200 gramm mefedron sintetik giyohvandlik vositasini olayotgan vaqtida uşlangan. Aniqlanişiça, mazkur giyohvandlik vositasining noqonuniy bozordagi qiymati qariyb 10 ming AQŞ dollariga teng bölib, 2 ming martalik dozani taşkil etadi.

Gumonlanuvçining mobil telefoni közdan keçirilganda, Toşkent şahrining Yaşnobod, Mirobod va Sergeli tumanlarida “zakladka” usulida yaşirilgan 300 ga yaqin giyohvandlik vositalarining geolokatsiyasi aniqlangan. Tekşiruv davomida 40 ta manzildan har biri 1 grammdan qadoqlangan mefedron topilib, protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.

Örtaçirçiq tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida 1998 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, avval Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinçilik) bilan sudlangan va hozirda Şahrisabz tumanida yaşovçi fuqaro boşqaruvidagi Labo rusumli avtomobil töxtatilgan. Avtomobil közdan keçirilganda, rul çambaragi içiga yaşirilgan 72 gramm gaşiş giyohvandlik vositasi aniqlangan.

Şuningdek, Toşkent tumanida yaşovçi 1981 yilda tuğilgan fuqaroning xonadoni közdan keçirilganda, sotiş maqsadida yaşirib qöyilgan 101 gramm gaşiş topilgan. Tergovga qadar tekşiruvda u uşbu giyohvandlik vositasini Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida yaşovçi 1986 yilda tuğilgan hamda Toşkent tumani “Qorabuyriq” mahallasida yaşovçi 1969 yilda tuğilgan şaxslardan olganini bildirgan. Şundan söng ötkazilgan maxsus tadbir davomida 100 gramm gaşişni 30 million sömga sotiş jarayonida mazkur şaxslar ham qölga olingan.

Keyingi suriştiruvlarda giyohvandlik vositalarining yana bir qismi Toşkent tumanida yaşovçi 1969 yilda tuğilgan şaxsga tegişli ekani aniqlanib, uning uyidan qöşimça 20 gramm gaşiş musodara qilingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan barça gumonlanuvçilarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Ularga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi ötkazilgan tezkor tadbir davomida qariyb 39 gramm gaşiş saqlagan va sotişga uringan şaxs uşlagan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: