Namanganda uyida “gaşiş” saqlagan şaxs qölga olindi
Namangan viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi ötkazilgan tezkor tadbir davomida qariyb 39 gramm gaşiş saqlagan va sotişga uringan şaxs uşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Davlatobod tumani Içki işlar bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbir davomida tumanda yaşovçi fuqaro giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida uşlangan. U şartli xaridorga 1 mln 200 ming söm evaziga 4,95 gramm “gaşiş” giyohvandlik vositasini sotayotgan paytda qölga olingan.
Şundan söng gumonlanuvçining yaşaş xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Tintuv jarayonida uning uyidan yana 4 bölak holda umumiy oğirligi 34,41 gramm bölgan “gaşiş” topilib, belgilangan tartibda daliliy aşyo sifatida rasmiylaştirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Bektemir tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi giyohvandlik vositalarini saqlaş va tarqatişda gumonlanayotgan ikki nafar şaxs qölga olingan edi.