Piskomda çökib ketgan odamning jasadi 16 kundan söng topildi
Joriy yilning 26 avgust kuni Toşkent viloyatining Böstonliq tumanidagi Piskom daryosida baxtsiz hodisa sodir bölib, çökib ketgan, Qibray tumanida yaşovçi 30 yoşli fuqaroning jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, öşa kuni bir guruh fuqarolar Piskom daryosiga SUP-doskada sayr qiliş maqsadida kelgan. Sayr vaqtida ulardan biri boşqaruvni yöqotib, qoyali qirğoqqa urilgan va suvga tuşib ketgan. Fuqaro qutqaruv nimçasi kiymaganligi sababli kuçli suv oqimi uni suv ostiga olib ketgan.
Şu zahotiyoq çökib ketgan fuqaroni qidiriş uçun FVVning ğavvoslari jalb etilib, şu vaqtga qadar qutqaruvçilar tomonidan faol qidiruv işlari olib borilgan.
Bugun, 10 sentyabr kuni soat 09:50 da fuqaroning jasadi ğavvoslar tomonidan topilgan.
“Şu munosabat bilan yurtdoşlarimizni suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga qatiy rioya qilişga çaqiramiz. Faqat buning uçun maxsus ajratilgan joylarda çömiliş, kiçik hajmli kemalardan foydalaniş vaqtida esa albatta qutqaruv nimçalarini kiyiş lozim”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 2 sentyabr kuni Toşkent viloyatidagi Çorvoq suv omborida ota va uning 2 öğli çökib ketgan edi. Keça, 9 sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi ğavvoslari Çorvoq suv omborida çökib ketgan 3 nafar fuqarodan birining (kiçik öğil) jasadini topgan edi. Şuningdek, bugun, 10 sentyabr kuni soat 12:07 da 3 nafar fuqarolardan ikkinçisining (katta öğil) jasadini ham topilgandi. Bundan taşqari, bugun ularning uçinçisi, yani otasining ham jasadi topilgan.