Namanganda 4 kişi suvda çökib ketdi. 1 kişining jasadi topildi
Namangan viloyatida daryoga çökib ketgan 2004 yilda tuğilgan yigitning jasadini izlayotgan ğavvoslar boşqa fuqaroning jasadini topdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 26 iyul kuni soat 14:06 da 112 qisqa raqamiga kelib tuşgan murojaatga köra, Namangan şahri “Gulboğ” MFYda yaşovçi, 2004 yilda tuğilgan fuqaro Namangan tumani “Şörqörğon” MFY hududidan oqib ötuvçi Sirdaryo daryosiga tuşib ketgani haqida xabar berilgan.
Mazkur murojaat asosida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Maxsus qutqaruv otryadining Suvda qutqaruv guruhi ğavvoslari tomonidan qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda.
Kuni keça, 27 iyul kuni boşqa bir fuqaroning jasadi daryodan topilib, qutqaruvçilar tomonidan qirğoqqa olib çiqilgan va tegişli tartibda topşirilgan.
Şuningdek, joriy mavsum davomida çömiliş taqiqlangan hududlarda çömiliş oqibatida sodir bölgan baxtsiz hodisalar sababli bir neça fuqarolar hayotdan köz yumgan. Hozirgi vaqtda ham çömiliş taqiqlangan joylarda çökib ketgan 2 nafardan ortiq fuqaroni qidiriş işlari davom ettirilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Yunusobod tumanida çömiliş maqsadida Bözsuv kanaliga borgan 16 yoşli bola çökib ketgan edi.