USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qoraqalpoğistonni 2035 yilgaça rivojlantiriş böyiça strategiya işlab çiqildi – Saida Mirziyoyeva

244 марта
Qoraqalpoğistonni 2035 yilgaça rivojlantiriş böyiça strategiya işlab çiqildi – Saida Mirziyoyeva

Özbekiston prezidenti yordamçisi IV Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etib, investorlarni Qoraqalpoğistonga sarmoya kiritişga çaqirdi.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyeva IV Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etdi va Qoraqalpoğistonni 2035 yilgaça rivojlantiriş böyiça strategiya işlab çiqilganini malum qildi.

«Qoraqalpoğistonning ravnaqi va mintaqa iqtisodiyotini mustahkamlaş hamda bu oğir, ammo nihoyatda gözal hududda yaşayotgan har bir insonning turmuş sifatini yaxşilaş — mamlakatimizning ustuvor maqsadlaridan biri.

IV Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi bugungi sessiyada ötgan bir yil mobaynida köplab muzokaralar olib borganimiz, aniq dasturlarni işga tuşirganimiz va ularni amalga oşiriş uçun zarur mablağ ajratganimizni takidladim. «Boston Consulting Group» kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpoğistonni 2035 yilgaça rivojlantiriş böyiça uzoq muddatli strategiyani işlab çiqdik.

Qoraqalpoğistonga kiritilayotgan sarmoyalar yangi iş örinlari yaratişi, mahalliy tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşi, yoşlarning kelajagini yanada yaxşilaşi kerak. Investorlarni hududga taşrif buyurib, respublikaning ulkan salohiyatini öz közlari bilan körişga va keng imkoniyatlar kölamini baholaşga taklif qilaman!» deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: