Fuqaroning jarimanisini yopiş evaziga pora talab qilgan “Energosavdo” muhandisi uşlandi
Samarqand viloyatida “Energosavdo” muhandisi 20 mln sömlik jarimani yopib beriş evaziga fuqarodan 500 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Malum bölişiça, “Energosavdo”ning Toyloq tuman bölimi muhandisi P. M. fuqaro M. E. ga qöllanilgan 20 mln sömlik jarimani bekor qilib beriş, şuningdek, yangi elektr hisoblagiçni örnatib, hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga 500 AQŞ dollari talab qilgan.
Departamentning Toyloq tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda P. M. talab qilgan 500 AQŞ dollarini fuqaro M. E. dan olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatida fuqaroni 210 ming AQŞ dollari evaziga Uçköprik tumani hokimi lavozimiga işga joylaştirib qöyişni vada qilgan şaxs uşlangani haqida xabar berilgan edi.