NKMKda avtoağdargiç şinasi portlaşi 2 işçining hayotiga zomin böldi
Keça, 10 sentyabr kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinatida avtoağdargiç şinasi portlaşi oqibatida 2 kişi halok böldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ning NKMKdagi manbasi malum qildi.
Manbaga köra, iş vaqtida yuk avtoağdargiçning şinasi portlab ketgan. Hodisa oqibatida 2 nafar işçi xodim halok bölgan. Şuningdek, yana bir neça kişi turli darajada tan jarohati olgani aytilmoqda.
Bildirilişiça, mazkur holat kombinatning “Qizilqum” kon boşqarmasi tarkibidagi Pistali konida sodir bölgan. Hozirda hodisa yuzasidan tekşiruv işlari ötkazilmoqda.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati holat yuzasidan hozirça rasmiy munosabat bildirmadi.
Eslatib ötamiz, kombinatda bunday baxtsiz hodisalar tez-tez sodir böladi. Xususan, joriy yilning 22 iyul kuni Navoiy viloyatidagi “Muruntov” konida “BelAZ” rusumli avtoağdargiç va Toyota rusumli xizmat avtomaşinasi iştirokidagi yöl-transport hodisasi oqibatida ikki nafar işçi-xodim halok bölgandi.