USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Farğonada obodonlaştiriş mansabdorlari byudjetdan qariyb 160 mln söm ömardi

55 марта
Фарғонада ободонлаштириш мансабдорлари бюджетдан қарийб 160 млн сўм ўмарди

Farğona viloyatining Qöştepa tumanida obodonlaştiriş boşqarmasi masul şaxslari tomonidan 158,7 mln sömlik budjet mablağlari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Malum qilinişiça, Qöştepa tumani Obodonlaştiriş boşqarmasi masul şaxslari “F. A.” xususiy korxonasi va “Q. Z.” MÇJ örtasida tuzilgan şartnomalar asosida 3,9 mlrd sömlik 6 084 tonna asfalt sotib olgan. Ular 26 ta MFY hududidagi 61 ta köçada amalda bajarilmagan işlarga 283 tonna asfalt qöşib yozgan va buning oqibatida 158,7 mln sömlik budjet mablağlarini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) hamda 228-moddasi (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Bildirilişiça, hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida Guliston şahar obodonlaştiriş boşqarmasi masul şaxslari amalda işlamagan fuqarolarga 1 mlrd söm iş haqi hisoblab, uşbu mablağlarni özlaştirgani aniqlangan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: