«UzAuto Motors» boşqaruviga vengriyalik mutaxassis keldi
13-06-2025, 09:19
201 марта

«UzAuto Motors» boşqaruviga vengriyalik mutaxassis keldi
«UzAuto Motors» AJ Kuzatuv kengaşi kompaniya boş direktori lavozimiga Yanoş Kovaçni tayinlaş haqida qaror qabul qildi.
Kompaniya matbuot xizmati xabarida aytilişiça, Vengriyada tuğilgan Yanoş Kovaç Budapeşt Texnika Universitetining avtomobilsozlik texnologiyalari böyiça muhandislik mutaxassisligini tamomlagan.
«Kovaç jahon avtomobil sanoatining yetakçi top-menejerlaridan biri sifatida General Motors, Opel, GM Powertrain Uzbekistan, UzAuto Peugeot Citroën Automotive va VinFast Automotive kabi kompaniyalarda muhim rahbarlik lavozimlarida köp yillik tajribaga ega.
Özining professional faoliyati davomida u sifatni boşqariş, işlab çiqariş jarayonlarini optimallaştiriş va avtomobil zavodlari boşqaruvi böyiça masul bölgan», – deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib ötamiz, u 2021 yildan buyon «UzAuto Motors» AJ Kuzatuv kengaşi azosi va audit qömitasi azosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.