USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Favqulodda iqtidorli edi”. Fojiali halok bölgan öquvçi taniqli şoirning farzandi ekani malum böldi

558 марта
“Фавқулодда иқтидорли эди”. Фожиали ҳалок бўлган ўқувчи таниқли шоирнинг фарзанди экани маълум бўлди

Avvalroq, Toşkent şahridagi maktab-internatining 16 yoşli öquvçisi Şohidbek Jamoliddinov yotoqxonaning 4-qavatidan tuşib ketib, halok bölgani haqida xabar berilgan edi. Malum bölişiça, u şoir, Özbekiston yozuvçilari uyuşmasining “Adib” naşriyoti boş muharriri Nosirjon Jörayevning farzandi. Bu haqda keça, 15 sentyabr kuni Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev özining Facebook’dagi sahifasida elon qilgan taziyanomasida yozib qoldirgan.

“Har gal körişsak farzandlar yutuqlari suhbatimizning umumiy mavzusiga aylanib ketardi. Bu yigitda favqulodda iqtidor va intellekt namoyon bölib borayotgan edi. Kursdoşim, taniqli şoir Nosirjon Jörayevga farzandi Şohidbekning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildiramiz. Heç kimni farzand doği bilan sinamasin!” deb yozgan Husan Tangriyev.

Malumot uçun, Nosirjon Jörayev 1984 yili Namangan viloyatida tuğilgan. Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan. Yozuvçilar uyuşmasining Yoşlar bilan işlaş bölimi adabiy maslahatçisi, “Adib” naşriyoti boş muharriri, “Şarq” naşriyoti boş muharrir örinbosari, Ğafur Ğulom naşriyoti boş muharriri vazifalarida işlagan. 

Özi nima bölgan edi?

Maktab-internat yotoqxonasining törtinçi qavatidan tuşib ketib, oğir jarohat olgan Şohidbek Jamoliddinov 10 kunlik davolanişdan söng vafot etgan. Marhum Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati öquvçisi bölgan. Maktab masul xodimining QALAMPIR.UZ’ga bildirişiça, talim taşkiloti binosi hali töliq qurib bitkazilmagani sababli unga qabul qilingan öquvçilar Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab-internati binosida vaqtinçalik tahsil olayotgan bölgan. Mazkur maktab binosiga yaqin bölgani uçun, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati öquvçilari Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti yotoqxonasiga joylaştirilgan. Fojia ham aynan şu yotoqxonada sodir bölgan.

QALAMPIR.UZ suhbatlaşgan, şaxsini oşkor qilişni istamagan guvohlardan birining sözlariga köra, marhum öquvçi yotoqxonaning 4 qavatida yaşagan. U baxtsiz hodisa sodir bölgan kunda öz xonasining deraza qismiga yaqin holatda bölgan. Bildirilişiça, öquvçi qölida uşlab turgan planşet apparatining derazadan tuşib ketiş vaqtida uni tutib qolişga intilgan. Oqibatda esa öquvçi pastga tuşib ketgan. 

Bolani şifoxonaga olib borişganda, uning yoniga borgan otasi boladan hodisa haqida söragan va Şohidbek Jamoliddinov ham otasiga planşetni tutib qolişga uringani tufayli yiqilib tuşganini aytgan. Hodisaga guvoh bölgan boşqalar ham marhum öquvçi yiqilgan joyda planşet qurilmasi bor bölganini tasdiqlagan. 

Qayd etiş joiz, uşbu malumotlar hali rasman tasdiqlanmagan.

Malum bölişiça, uning boş miyasi lat yegan va umurtqa-orqa miyasidan ham jarohat olgan. Şuningdek, kökrak qafasidan jarohat olib, öpkasi va yuragi lat yegan. Bundan taşqari, uning tanasining turli qismlaridagi, jumladan, tovoni va dumğaza suyaklari singan. Bola hodisadan söng koma holatiga tuşgan.

QALAMPIR.UZ’ning aniqlaşiça, uning yiqilgan joyi suniy çim bilan qoplangan. Voqeani xonadoşlari körgan va tez yordam çaqirilib, şifoxonaga olib borilgan. Şifokorlar unda bir neça kun davolaş muolajalarini olib borgan, biroq şunga qaramay keça, 15 sentyabr kuni tongda öquvçining yurak urişi töxtagan. Şifokorlar uni yarim soatdan ortiq vaqt davomida jonlantirişga uringan, biroq uni hayotga qaytarişning imkoni bölmagan.

Malumot uçun, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati Toşkent şahrida yangi taşkil etilgan davlat talim muassasasi hisoblanadi. U Prezidentning 2025 yil 15 maydagi 86-sonli Farmoni asosida faoliyat boşlagan. Maktab “Iqtidorli bolalar dasturi” doirasida taşkil etilgan bölib, mamlakatdagi istedodli yoşlarni yuqori sifatli talim bilan taminlaşga qaratilgan. Muassasa 2025–2026 öquv yilidan boşlab öz faoliyatini boşlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: