Ikki viloyatda Umraga yuborişni vada qilganlar uşlandi
Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni vada qilib, pul talab qilgan ikki şaxs uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Samarqand viloyatining Payariq tumanida faoliyat yurituvçi aviakassa rahbari Umra ziyoratiga yuboriş huquqiga ega bölmaganiga qaramay, mahalliy fuqaroni Saudiya Arabistoniga olib borişni vada qilgan. Buning evaziga undan 1150 AQŞ dollari talab qilgan.
DXX va Içki işlar organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur şaxs söralgan pulni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, Sirdaryo viloyatidagi holatda esa Guliston tumanida yaşovçi, 1988 yilda tuğilgan şaxs 3 nafar fuqaroni Toşkent şahridagi göyoki Umra ziyoratini taşkil etiş vakolatiga ega bölgan turistik firma orqali Saudiya Arabistoniga yuborişni vada qilgan. U buning uçun jami 3150 AQŞ dollari talab qilgan.
Mazkur şaxs söralgan puldan oldindan 3,5 mln söm olayotgan vaqtida DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va IIB xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Bildirilişiça, har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent va Farğona viloyatlarida fuqarolarni aldab, Umraga jönatiş evaziga pul undirgan şaxslar qölga olingani haqida xabar berilgan edi.