USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Real Sanjik” advokatlari prokuror va sudyalarni almaştirişni talab qilmoqda

115 марта
“Реал Санжик” адвокатлари прокурор ва судьяларни алмаштиришни талаб қилмоқда

Qoçoq kuyov unaştirilgan qizining uyini “Real Sanjik” nomiga pul evaziga ötkazib berişi, öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş, juda köp miqdorda firibgarlik va narkojinoyat – bu bugun sud zalida özining aybsizligini isbotlaşga urinayotgan Sanjar Karimovni panjara ortiga olib kelgan sabablar. Tadbirkorga nisbatan joriy yilning 8 may sanasida jinoyat protsessual kodeksining tegişli moddalari bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berilgan edi, ammo hukmdan norozi bölgan Karimov sudga appelyatsiya kiritganidan söng sud yangi dalillarga asoslangan holda qayta körib çiqilişi aytilgan. Bugun Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida ötkazilgan navbatdagi sud majlisida jabrlanuvçi tomonidan olib kelingan yangi audioyozuv barça sud iştirokçilariga eşittirildi. Şundan söng, advokatlardan biri Sanjar Karimovning xonadonida ötkazilgan tintuv jarayonlarining videosini raislik qiluvçining sözlariga muvofiq sudya va sudlanuvçi Karimovning özigagina körsatdi. Ayni şu holatdan söng advokatlarda savollar köpayişni boşladi. Sudlanuvçining himoyaçilari jarayonning özida sudga 10 ga yaqin iltimosnomalar kiritdi, ammo u iltimoslarning birortasi raislik qiluvçi tomonidan qöllab quvvatlanmagaç, advokatlar sudda iştirok etayotgan prokurorni almaştiriş yoki umuman sudyalar hayatini özgartiriş iltimosnomasini kiritişdi.

“Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 409-moddasida öşa prokurorlarimizning suddagi huquq va majburiyatlari, vakolatlari körsatib ötilgan. Bu jarayon sudda ular faqatgina ayblovni qöllab-quvvatlaş nuqtai nazaridan emas, balki işni xolisona, adolatli va Jinoyat-protsessual kodeksida körsatilgan talablar asosida qonuniy olib borilişini aslida ular taminlaşi kerak. Prokurorimiz işning holatlari böyiça aniq bir tuşunça bermasdan, bular vaqtni çözyapti deb etiroz bildirgan holda iltimosnomamizni rad qilişlari, hamkasblarimiz tomonidan prokurorlar dastlabki sud hukmini qöllab-quvvatlaş nuqtai nazardan faoliyat olib bordi sud jarayonida, degan fikrlarni bildirib ötişdi va bu jarayonlar bevosita dastlabki hukmni yana qaytadan çiqariş degan masala körinib qolyapti. Şu sababli, bizlar prokurorga ham etiroz bildirdik. Sud majlisi iştirokçisini, yani prokurorni va sudyani rad etiş masalasi Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 76-moddasining birinçi qismi, uçinçi bandida körsatilgan. Işni xolisona va qonuniy tartibda körib çiqilişiga şubhalanayotgan bölsa, tomonlar etiroz bildiriş huquqiga ega, ularga rad qiliş böyiça va bu jarayonlar bevosita ularni özini-özi rad qiliş töğrisida yoki sudyalarni, prokurorni rad qiliş töğrisida ajrim çiqariş mumkinligi körsatib ötilgan. Bu yerda hammasi qonuniy talab. Endi bitta narsa – bu jarayonni boşqaça qilib talqin qiliş kerak emas. Bu sud jarayoni, bu tortişuv qonunda körsatilgan. Men, masalan, şaxsan sudyalarga nisbatan şaxsiy adovatimiz yöq yoki ularni ham bizga nisbatan şaxsiy adovatini sezganimiz yöq. Agar sezgan bölganimizda, bizlar ham özimizning çoralarimizni körgan bölardik. Lekin faqatgina bitta narsa, sud protsesslari natijasida bizlarda, advokatlarning şaxsiy fikri böyiça iş yakunida göyoki birinçi instantsiya sudining hukmi yana qaytadan takrorlab öqiladi degan, yani kuçda qoldi degan fikr paydo bölyapti. Vaholanki, mana öşa birinçi instantsiya sudi hukmi 8 may kuni çiqarilgan bölsa, bugungi kungaça nega bölmasa apellyatsiya berdik? Apellyatsiya jarayonlarida bu narsalar körib çiqilmasa, yetarliça izoh berilmasa, iltimosnomalar qanoatlantirilmasa, nimaga oydinlik kiritiladi?” deydi Sanjar Karimovning advokati.

Barça iltimosnomalar rad etilgaç, sudlanuvçi Sanjar Karimov öz fikrlarini bildirdi.

“Bergan iltimosnomamning maqsadi nima bölgan? Adolatli sud hukmi. Tintuv noqonuniy bölganligini mana butun ommaviy axborot vositalari, hamma kördi. Mening konstitutsiyaviy huquqim buzilganligi haqida amin bölindi. Konstitutsiyaning 31-moddasida yozib qöyilgan: faqat ajrim bilangina xonadonga kiriş mumkin. Bironta bir ajrim ham yöq-ku. Videoda körsatilayotgan xonadon u butunlay boşqa xonadon. Öşa kirib kelayotgan xonadonning ajrimi bormi? Yöq. 158-moddada keçiktirib bölmaydigan tintuv harakatlarini amalga oşiriş degan yozuv yozilgan. Öşa keçiktirib bölmaydigan qarorning özi ham yöq-ku. Agar sudning ajrimi bölsa, öşanda xonadonga kiriş mumkin. Tintuv qiliş mumkin. Lekin menda ajrim qani? Qonun doirasida agar ajrim bölmasa, bu 95-1-moddaga köra nomaqbul dalil bölişi kerak. Nahotki men şundoq bir tadbirkor, orqamda katta turgan auditoriya bor, tanigan insonla bor, men qanaqadir milligramm narsani kimga sotaman? Nahotki meni 400 ming sömga şu beş yilga qamab yuboriş töğri bölsa? Mayli, bugungi asosiy iltimosnomamiz nimadan iborat edi? Paltoning içidan topildi deyilyapti. Paltoda topilgan video tasvirini birga köraylik, dedik. Bormi şu video tasviri? Yöq. Qanaqa qilib bu paltoning içidan bu narsa topildi? Paltoni DNK qilişganda qöl izlarim topilgan. Xöp, keçirasiz, tuşunadigan inson Y-xromosomaga asosan natija analiz beribdi. Ha, Y-xromosoma ota bilan öğilniki bir xil böladi-ku. Nyu-Yorkdan olib kelingan xulosalarda ham körsatilgan, indeks degradatsiyani, 2.0 indeks degradatsiya kvantipleks “oborudovaniyada” agar bölsa, aynan alleliya lokuslari tuşib ketişini aytgan. Qanaqa qilib u DNKni uşlaydi, agar degradatsiya baland bölib, aynan lokuslari tuşib ketsa? Undan taşqari, “Versaplex” kompleksda tekşirganda, degradatsiyasi töğri kelmayapti. Palto menga tegişli emasligini körsatyapti. Mana bugun bir fleşka berildi – amerikadan yana bir qöşimça dalil. Fleşkada otamga retsept yozib bergan, aynan “tetrakannabis”, “tetrakannabinol” yozib bergan doktor videoda aytyapti: “Ha, rostdan ham men doktorman. 2023 yildan beri mening nazoratimda bu bemor. Men öşa retseptni yozib berganman. Bizning noodatiy terapiyamiz yordamini berdi, yaxşi natija körsatdi”, deb videoyozuv qilgan. Öşa narsani biz bugun isbotlab bermoqçi edik. Rad qilib yuboryapti hamma narsani. Videoda tergovçi aytyapti: “Biz mana bu, mana bu adresdamiz, hozir tintuv jarayonini boşlaymiz”, deb. Vaholanki, u videoda eşikni buzib oçayotgan “adresi” butunlay boşqa. Topilgan aşyoning videosi ham yöq. Men isbotlaşimga biror bir dalil va oydinlik kiritişga fursat bölmaganligidan juda ham hafsalam pir böldi. Men adolat sörab apellyatsiya sudiga kelgandim”, deydi sudlanuvçi Sanjar Karimov

Şunday qilib, sud yangi dalillarni örganib çiqquniga qadar sud işining davomi 2 sentyabr kuniga qoldirildi.

Umidbek Sulaymonov

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: