“Sanjik” işi: bir yillik qamoq va biznesdagi yoqotişlar-apellyatsiyada kun tartibida
Sanjar Karimov himoyaçilari sonini 9 nafarga yetkazdi. Bu haqda bugun, 27 iyul kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida qatnaşgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.
“Sanjik” nomi bilan tanilgan tadbirkor va bloger Sanjar Karimov joriy yilning may oyida Jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş), 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) hamda 273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va ötkaziş bilan boğliq jinoyatlar)da nazarda tutilgan qilmişlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Mazkur hukm ustidan berilgan apellyatsiya şikoyati asosida joriy yilning 29 iyun kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida Sanjar Karimovga oid jinoyat işini apellyatsiya tartibida köriş boşlandi. Sud majlisi raislik qiluvçi sudya Abdullajon Muhiddinov, maruzaçi sudya Umidbek Musayev hamda sudlov hayati azosi Anvar Dusmurodov tarkibida ötmoqda.
Bugun, 27 iyul kuni mazkur iş böyiça navbatdagi apellyatsiya sud majlisi bölib ötdi.
Apellyatsiya jarayoni boşida Sanjar Karimovni 4 nafar advokat himoya qilgan bölsa, bugungi sud majlisiga kelib himoyaçilar soni 9 nafarga yetdi.
Bu galgi sud muhokamasida sudlanuvçining sözlari tinglandi.
Sanjar Karimov suddagi oqlov nutqida u hayotida ilk bor sudlanayotganini, odamlarga yordam beraman deb, aybdorga aylanib qolganini bildirdi. Şuningdek Karimov heç kimni aldamaganini, aksinça, özi aldanganini takidladi. Uning aytişiça, boşidan keçirayotgan voqealar “ötkir syujetli özbek seriali”dek bölib ketgan.
Karimov, qariyb bir yildan buyon qamoqda saqlanayotgani bois tadbirkorlik faoliyatiga ham putur yetayotganini qöşimça qildi.
Şu örinda qayd etiş joizki, yuqoridagi bayonotlar sudlanuvçi Sanjar Karimov tomonidan sud majlisida bildirilgan oqlov fikrlardir. Yakuniy xulosani sudlov hayati çiqaradi. Sud majlisining navbatdagi apellyatsiya işi 10 avgust kuniga qoldirildi.
Voqea tafsilotlari bilan batafsil tanişiş uçun QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasi orqali uşbu videoni tomoşa qiling.