Özbekistonlik ayol Istanbulda doridan zaharlanib vafot etdi
Joriy yilning 19 sentyabr kuni Turkiyaning Istanbul şahrida farmatsevtik vositadan zaharlaniş oqibatida Özbekiston Respublikasi fuqarosi Mohirano Meliyeva vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, ayol kasallik davrida uy şaroitida norasmiy şifokorlar kömagida davolangan. Davolaniş jarayonida qabul qilingan dori vositalarining nojöya tasiri natijasida bemorning ahvoli oğirlaşib, qonida infektsiya rivojlangan hamda organizmida kuçli reaktsiya kuzatilgan. Şunga qaramay, u öz vaqtida şifoxonaga olib borilmagan va uy şaroitida davolaş davom ettirilgan.
Bemorning ahvoli jiddiy tus olgaç, u dastlab Marmara şifoxonasiga olib borilgan. Mazkur tibbiyot muassasasida bemorni jonlantiriş bölimiga joylaştiriş imkoniyati bölmagani sababli u Kartal tuman şifoxonasiga köçirilgan. Şifokorlar tomonidan körsatilgan zarur tibbiy muolajalarga qaramay, ayolning hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan.
Marhumaning jasadi Boş konsulxona hamda Özbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi hamkorligida Özbekistonga qaytarilgan.
Şu munosabat bilan Boş konsulxona Turkiya hududida bölib turgan özbekistonliklarni öz soğliğiga masuliyat bilan yondaşişga çaqirmoqda. Dori vositalarini qöllaniladigan preparatlarni şifokor tavsiyasisiz qabul qilmaslik, norasmiy va tegişli malakaga ega bölmagan şaxslar tomonidan davolanişdan saqlaniş tavsiya etiladi. Soğliq holati keskin yomonlaşgan taqdirda esa vaqtni boy bermasdan rasmiy tibbiyot muassasalariga murojaat qiliş zarur.
“Boş konsulxona marhumaning oila azolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Bursa viloyatida özbekistonlik 36 yoşli Oybek Niyozov tösatdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi.