Prokuror yordamçisi 4700 dollar pora bilan qölga tuşdi
Toşkent viloyatining Oqqörğon tumani prokurori yordamçisi fuqarodan 600 mln sömlik imtiyozli kredit olib beriş va avtomobil oldi-sotdisi masalasini hal qiliş evaziga 12 ming dollar talab qildi. U şundan 4700 dollarini olayotganda uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, DXX xodimlari Boş prokuraturaning Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi bilan hamkorlikda korruptsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida tezkor tadbir ötkazgan. Tadbir davomida prokuror yordamçisi talab qilingan 12 ming dollardan 4700 dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Bildirilişiça, tergovga qadar tekşiruvda u bundan avval ham fuqarodan 1300 dollar olgani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat işi qözğatiş çorasi körilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida tijorat banki masullari fuqaroning omonatdagi 500 ming dollaridan 300 ming dollarini uning nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylaştirib, özlaştirgani haqida xabar berilgan edi.