$3,5 mln kredit evaziga $420 ming söragan bank yuristi uşlandi
Toşkentda 3,5 mln dollarlik kredit çiqarib beriş uçun qariyb 420 ming dollar talab qilgan bank xodimi hamda fuqaro qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, DXX va Boş prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamkorligida Toşkent şahrida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda kredit ajratiş bilan boğliq noqonuniy holat foş etilgan.
Jumladan, xususiy aktsiyadorlik tijorat banklaridan birining Olmazor filiali bank xizmatlari markazi yuristi va Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida yaşovçi 1979 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs özaro til biriktirib, tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning işonçiga kirib olgan.
Şuningdek, ular mazkur fuqaroning nomiga 3,5 million AQŞ dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratib berişlarini aytgan hamda “xolis” xizmatlari evaziga kredit summasining 12 foizini, yani 420 ming AQŞ dollari talab qilgan. Uşbu söralgan puldan bir 50 ming dollarini oldindan olgan vaqtlarida mazkur şaxslar aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Bildirilişiça, hozirda ularga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryoda qalbakilaştirilgan guvohnoma va malumotnomalar yordamida 12 nafar fuqaro nomiga jami 783 million sömlik kredit rasmiylaştirgan şaxs qölga olingan edi.