USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Fuqaroning nomiga kredit olgan bank rahbari uşlandi

192 марта
Фуқаронинг номига кредит олган банк раҳбари ушланди

Buxoro viloyatida bank filialining sobiq rahbari fuqaroning xabari va roziligisiz uning nomiga kredit rasmiylaştirib, mablağni özlaştirgani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Qayd etilişiça, tijorat banklaridan birining Romitan filiali sobiq rahbari A.H., bank menejeri F.S. hamda mahallada sobiq hokim yordamçisi vazifasini vaqtinça bajargan S.X. özaro til biriktirgan. Ular fuqaro H.A. ning malumotlaridan foydalanib, uning roziligisiz 32,9 million sömlik kredit rasmiylaştirgan. Kredit mablağlari göyoki uç ğildirakli mototsikl xaridi uçun YaTT “S.G.”ning hisob raqamiga ötkazilgan va keyinçalik naqdlaştirib olingan.

Malum bölişiça, uşbu mablağlar gumonlanuvçilar tomonidan öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborilgan. Şuningdek, fuqaro H.A. nomiga rasmiylaştirilgan 35,9 million sömlik kredit qarzdorligi böyiça ijro işi qözğatilganidan xabar topgan bank sobiq rahbari A.H. qarzdorlik göyoki töliq undirilgani haqida soxta hujjat tayyorlab, Majburiy ijro byurosiga taqdim etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlaş, qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qarşi tumanidagi mahalla fuqarolar yiğinining sobiq raisi fuqarolarning nomiga ularning roziligisiz salkam 200 million sömlik kredit rasmiylaştirib, mablağlarni öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: