Qaşqadaryoda “bankir”larning firibgarlik sxemasi foş etildi
Qaşqadaryo viloyatida omonat hamda kredit mablağlarini özlaştirgan şaxslar aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, Departamentning Kitob tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda tijorat banklaridan birining hududiy boşqarmasi yetakçi mutaxassisi D.Ş. bankda yuqori foizli omonat turi mavjudligini aytib, ikki nafar fuqaroni aldagani aniqlangan. U fuqarolardan jami 19 ming AQŞ dollari va 300 million sömni olib, bankka omonat sifatida qöymasdan özlaştirgani malum bölgan.
Şuningdek, Kökdala tumanida ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda tijorat banklaridan birining sobiq mahalla agenti A.B. bankdagi tanişlari orqali fuqaro nomiga 60 million söm kredit ajratib berişni vada qilib, undan 300 AQŞ dollari hamda 1 million söm olgan. U ajratilgan 60 million sömlik kredit mablağlarini ham özlaştirgani qayd etilgan. Tekşiruv davomida uşbu mablağlarning 2 million sömi qaytarilib, bu holat protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Yana bir holat Muborak tumanida sodir etilgan. Unga köra, tijorat banklaridan birining Muborak filialida sobiq mahalla agenti bölib işlagan G.A. fuqaroning işonçiga kirib, qalbaki hujjatlar yordamida uning nomiga 47 million söm kredit rasmiylaştirgan va mablağni özlaştirgan. Tekşiruv davomida mazkur kredit bankka töliq qaytarilgan.
Qayd etilişiça, barça holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona şahrida tadbirkorlik subekti rahbari bankdan ajratilgan 1,5 mlrd sömlik kredit mablağlarini özlaştirgani haqida xabar berilgandi.