Boğça va maktabdagi nomus fojiasi, qidiruvga berilgan ikki bankir, Özbekistonga kutilayotgan pul oqimi, oqlangan general – Hafta tahlili
Özbekistonga yirik pul oqimi kirib kelişi kutilyapti, Saida Mirziyoyeva AQŞda “BlackRock” rahbariyati bilan uçraşdi. Namanganda 5 yaşar qiz boğça xodimi tomonidan zörlandi, jamoatçilik ölim jazosini tiklaşni söramoqda. Ikki bankir Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi, ulardan biri Londondan aloqaga çiqdi. Korruptsiyada ayblangan sobiq Içki işlar vaziri örinbosari Bekmurod Abdullayev oqlandi va tizimga qaytdi, faqat boşqa lavozimga. Yana ikki mansobdor ustidan sud boşlandi. “Taftiş.uz” jurnalistlari va DXXning sobiq mulozimlariga sud hukmi öqildi. Hafta davomida sodir bölgan eng muhim voqealar tafsiloti bilan Hafta voqealari tahlilining navbatdagi sonida tanişasiz.
Namangandagi davlat boğçasida bola zörlandi. 5 yaşar qizaloq. Hali oq-qorani tanimagan, hayotni tuşunmagan qizçaning butun hayoti zulmatga aylandi. Boğçada ombor mudiri bölib işlagan öşa maraz kimsa zörladi uni. Aybdor faqat u emas, hammamiz, jamiyat, davlat. Boğça mudirasidan tortib, tarbiyaçisigaça, siz-u mengaça. Biz Ğazoda boşidan dron uçib ötayotgan, Eronda qurolli hujumga uçrayotgan bolalar taqdirini misol qilib, göyo şukrni örgatib, ularnikidan kam bölmagan bir umrlik zulmatni beryapmiz öşa jajjilarga.
Kim qizaloq bir marta emas, muttasil zörlab kelinganini aytsa, yana kimdir bu iş tarbiyaçi boğça mudirasining uyiga uning uy yumuşlarini bajargani ketgan vaqtda sodir bölganini aytmoqda.
Albatta, masul idoralar jim turgani yöq. Gumonlanayotgan şaxs protsessual tartibda qölga olindi. Namangan viloyati Uçqörğon tumani Içki işlar bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegiş) 4-qismi va 112-moddasi (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xöş, uşbu jinoyatda gumonlanayotgan şaxsga nisbatan ayblov öz tasdiğini topsa uni qanday jazo kutyapti? Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi sanktsiyasiga köra, 15 yildan 20 yilgaça qamoq jazosi. Bunday toifadagi jinoyatni sodir etgan şaxslarga nisbatan jazoni ötaş bilan boğliq yengilliklar qöllanilmaydi. 112-moddaning 1-qismi sanktsiyasiga köra, bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma beş baravarigaça miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud bir yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi. Bor-yöği şu! 5 yaşar qizaloqning butun hayoti barbod bölyapti, kerak bölsa bir oilaning nomusiga köz olaytirilyapti, oqibati esa 15–20 yil. Şuning özi ham bolalarga oid jinoyatlar uçun jazolar, kodeksdagi sanktsiyalar manan eskirganini körsatyapti.
Ha, bizda ölim jazosi yöq. Ha, bunday jinoyatlarga nisbatan umrbod qamoq jazosi belgilanmagan. Kastratsiya masalasini-ku muhokama qilib, natijasigaça yetib borolmadik. Kamaymadi bolalarni zörlaş, yaşirilayotgan bölişi mumkin, lekin kamaymayapti, közlari oçilmayapti, közimiz oçilmayapti.
Sanktsiyalarni jinoyatning turlari, sodir etilişi bilan boğliq holatlar va qayerda sodir etilganiga köra belgilaş böyiça yangi tartiblarni işlab çiqişni, zamonaviy özgarişlar va tahdid, xavf-xatarlarni inobatga olişni taqozo etyapti sönggi voqelikning, boğçadagi holatning özi. Bu qonun çiqaruvçilar uçun muhim signal bölişi kerak!
Maktabgaça va maktab talimi vazirligi esa, jamoatçilik etirozlaridan keyin bayonot bilan çiqib, masullarning xizmat vazifasiga loyiqligini körib çiqiş böyiça Maktabgaça va maktab talimi vazirligi tomonidan Işçi guruh tuzilgani va respublika böylab barça davlat maktabgaça talim taşkilotlari xodimlari tekşirilayotgani va zarur çoralar körilişini malum qildi.
“Voqeaga aloqador hamda öz işiga masuliyatsizlik bilan yondaşgan tizimdagi barça xodimlar va mansabdor şaxslarga nisbatan tegişli taşkilotlar vakolati doirasida zarur çoralar körilişi, aybdorlar jazolanişi taminlanadi.
Talim taşkilotining voqeaga daxldor deb gumon qilingan xodimlari bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan”.
Biz Özbekistonda pedofillarga qarşi kuraşni köçadagi begonalardan emas, boğça va maktablarda davlatdan maoş olib işlayotgan bazi kimsalardan boşlaşimiz kerak çoği. Namangandagi boğçada sodir bölgan voqea közimizni qonga töldirgan bir paytda Toşkent şahrida maktab qöriqlaş xizmati xodimi 6-sinfda öqiydigan qizga nisbatan şilqimlik qildi. Yana qayerda? Davlat maktabida.
QALAMPIR.UZ tanişgan sud hujjatida qayd etilişiça, voqea joriy yilning 15 sentyabr kuni soat 15:30 lar atrofida Şayxontohur tumanidagi maktablardan birida sodir bölgan. Mazkur maktabda şartnoma asosida qöriqlaş xizmati xodimi bölib işlovçi 23 yoşli şaxs 6-sinf öquvçisining oldiga borib, uning belidan uşlagan va labidan öpgan. Xullas, qöriqlaşda işlagan şaxsning özidan boşqalarni qöriqlaş kerak.
Uning harakatlari Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi (şahvoniy şilqimlik qiliş) 1-qismi bilan malakalanib, sudga yuborilgan. Biroq Şayxontohur tumani Jinoyat işlari böyiça sudi iş materiallarini örganib, holat yuzasidan tekşiruv töliq ötkazilmaganini aniqlagan.
Sudning qayd etişiça, qöriqçining harakatlarida Jinoyat kodeksining 129-moddasida (16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud yoki mavjud emasligiga aniqlik kiritilmagan. Qolaversa, voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan harakatlarga töliq huquqiy baho berilmagan.
Sud qayta suriştiruv davomida iş holatlari har tomonlama örganilişi, yigitçaning harakatlarida jinoyat alomatlarining bor-yöqligi aniqlanişi va jinoyat tarkibi mavjud bölsa, unga nisbatan tegişli huquqiy baho berilişi lozimligini belgilagan.
Şu sababli mamuriy iş hujjatlari Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 278-moddasi (materiallarni prokurorga topşiriş) tartibida Şayxontohur tuman prokuraturasiga yuborilgan.
Endi bu işlarni muhokama qilayotgan jamoatçilik, tergov qilayotgan masuldan tortib, prokurorgaça, suddan tortib, kotibgaça özini öşa qizlarning ota-onalari örniga qöyib körsin. Ha, darvoqe qanday bölişidan qati nazar boyagi pedofillar özini himoya qiliş huquqiga ham ega, qiziği qaysi vijdonli advokat ularni himoya qilar ekan?
2025 yilning yozida Frantsiyada öğirlab ketilgani va qiynoqqa solingani aytilgan Qahramonjon Olimovning özi odam öğirlaşda ayblanmoqda. U xalqaro qidiruvga berilgani haqidagi axborot ötgan hafta Latviyaning “The Insider” naşrida paydo bölgan edi. Özbekiston ommaviy axborot vositalari ham uşbu xabarni tarqatişda uşbu naşrga tayandi. Qahramonjon Olimov 2020 yilda taşkil etilgan “Anorbank”ning aktsiyadori hisoblanadi. U Bank saytida körsatilganidek, asosiy boşqaruv organi bölgan Kuzatuv kengaşi azosi. “Anorbank” Qahramonjon Olimovning qidiruvga berilgani haqidagi xabarlar tarqalganidan köp ötmay, bayonot bilan çiqib, gap bank, uning kapitali, boşqaruvi yoki operatsion faoliyatiga aloqador bölmagan aktsiyadorlardan birining şaxsiy masalalari haqida ketayotganini urğuladi. Şu örinda savol tuğiladi: hatto, bankning rasmiy saytida rahbariyat bölimida Kuzatuv kengaşi azosi sifatida körsatilgan Olimovni qanaqasiga bankka aloqador emas deyiş mumkin? “Anorbank” esa Olimovga aloqador masalalarni Bank faoliyati bilan aralaştiriş notöğri va yöl qöyib bölmaydigan holatdir, demoqda.
“Mazkur masala yuzasidan Bankka heç qanday rasmiy tasdiq yoki sörov kelib tuşmagan. Turli manbalarda tarqatilayotgan malumotlar rasmiy malumotlar bilan tasdiqlanmagan va vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan dalillarga asoslanmagan.
Mijozlar, hamkorlar va jamoatçilikni tekşirilmagan hamda anonim manbalar tomonidan tarqatilayotgan materiallarga tanqidiy yondaşişga va faqat rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlangan işonçli malumotlarga tayanişga çaqiramiz”, deyiladi bayonotda.
Ha, “Anorbank” uşbu bayonot bilan çiqqan vaqtda Interpol saytida Qahramonjon Olimovga oid qidiruv xabarnomasini topiş imkonsiz edi. Ammo, şu hafta 49 yaşar Olimovning haqiqatdan ham qidiruvga berilgani tasdiqlandi. Interpol saytida Qahramonjon Olimovning qidirilayotganiga oid qizil bildirişnoma paydo böldi.
Hozirça Olimovning nima sababdan qidiruvga berilgani va uning Jinoyat kodeksining qaysi moddalari bilan ayblanayotgani, qidruv ortida qanday gumonlar va uning iqtisodiy nizolari, sobiq şerigi Botir Rahimov bilan boğliq mojarolar, özining Frantsiyada öğirlab ketilişi haqidagi hikoyalarga töxtaymiz, zotan bular haqida bir neça maqolalar elon qilingan, ularni topib öqişingiz mumkin.
Hozir esa şu hafta qidiruvga berilgan yana boşqa bankir haqida gaplaşsak. Farğonalik tadbirkor, Madad Invest Bank’ining sobiq yirik aktsiyadori va kuzatuv kengaşi raisi Möminjon Yöldoşev ham Özbekiston söroviga asosan Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi.
Qayd etilişiça, tadbirkor Özbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan ayblanmoqda.
Möminjon Yöldoşev quriliş va töqimaçilik sohalaridagi qator bizneslarga egalik qilgan. U Madad Invest Bank’da yirik aktsiyador böliş bilan birga, bank kuzatuv kengaşiga ham rahbarlik qilgan.
Möminjon Yöldoşev BBC’ga intervyu berib, 6 oydirki, Londonda yaşayotgani va Angliya Hukumatidan siyosiy boşpana söraganini aytib çiqdi. U ayni vaqtda Koreyaga migrantlarni yuboriş bilan boğliq 90 million dollarlik korruptsion “sxema” böyiça ayblanayotgan DXXning sobiq mulozimi Alijon Aşurovning qudasi ekani va unga nisbatan ayblovlarga qudasi ortidan qöyilayotganini bildirgan.
Yil boşidan buyon korruptsiyada ayblanib, lavozimidan ozod etilgan va diqqat markazida bölib turgan sobiq Içki işlar vaziri örinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev yangi lavozimga tayinlandi. Endi u Çilonzor tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi – qisqa qilib aytganda, RUVD boşliği.
2021 yilning aprelida Içki işlar vazirining örinbosari lavozimiga tayinlangan Bekmurod Abdullayev 2025 yilning 3 noyabr kuni işdan böşatilgandi. Uning istefosi sabablari 3 oygaça oçiqlanmadi. 2026 yilning 27 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Qöriqlaş boşqarmasida ötgan videoselektor yiğilişida Bekmurod Abdullayev va Jazoni ijro etiş departamenti boşliği lavozimida işlagan Rustam Tursunovga nisbatan Içki işlar vazirligi tizimidagi davlat xaridlari doirasida 186 milliard söm byudjet mablaği talon-toroj qilingani böyiça jinoyat işi qözğatilgani, vazir örinbosari qamoqqa olingani aytildi.
Şu yilning aprel oyi örtalariga kelib, Bekmurod Abdullayev tomonidan davlatga yetkazilgan zarar qoplab berilgani uçun ozodlikka çiqqani haqida xabarlar tarqaldi, biroq huquq-tartibot organlari bu xabarlarni tasdiqlagani yöq, lekin rad ham etmadi.
Joriy yilning 29 iyul kuni Bekmurod Abdullayev, Rustam Tursunov va yana 28 kişiga oid jinoyat işini sudda köriş boşlandi. Biroq, unda şaxsiy hayotga oid hamda qonun bilan muhofaza etiladigan boşqa malumotlar mavjudligi sababli sud yopiq ötkazildi. Sud yakunlari böyiça esa rasmiy malumot berilmadi. QALAMPIR.UZ’dagi malumotlarga köra, Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunovga qöyilgan ayblovlar öz isbotini topmagan va ular oqlangan.
Bu orada genaral-mayor Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunovdan vazirlikda böşagan örinlarni boşqalar egallab bölgan.
Yil boşida Prezident tomonidan ötkazilgan yiğilişda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Toşkent şahar boşqarmasi boşliği örinbosari Alişer Abduvaliyeviç Ğaniyev va Toşkent şahar soliq boşqarmasining sobiq boşliği Yunusjon Nasimjonovni öşa kunning özida işdan oliş va faoliyatiga huquqiy baho berişni topşirgan edi.
Oradan 8 oy ötib, Ğaniyev va Nasimjonovga nisbatan jinoiy iş qözğatilgani va iş sudga oşirilgani malum böldi. 21 sentyabr kuni ularga oid işni sudda köriş boşlandi.
2021 yildan 2026 yilgaça Toşkent şahar soliq boşqarmasini boşqargan Nasimjonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistemol qiliş) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi boşliği örinbosari Alişer Ğaniyev esa Jinoyat kodeksining 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistemol qiliş) 2-qismi “a” bandi, 223-moddasi (Qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş) 2-qismi “v” va “g” bandi bilan ayblanmoqda.
24 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi “Taftiş.uz” tahririyati xodimlari va DXXning OAV faoliyatini nazorat qiluvçi boşqarmasi sobiq zobitlariga nisbatan hukm öqidi.
Ularga 4 yil 1 oydan 10 yil 6 oygaça bölgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Xususan, tahririyat rahbari Ğayrat Aberayev 10 yil 6 oyga, jurnalist Marjona Eşquvvatova 4 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.
Şuningdek, tahririyatning yana ikki nafar vakili hamda DXXning sobiq xodimlari 10 yildan ortiq muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan. Ular tuhmat, haqorat, firibgarlik, tovlamaçilik singari jinoyatlarda ayblangan. Yopiq sud majlisining hukmiga köra, sudlanuvçilar jazo muddatlarini umumiy tartibdagi koloniyalarda ötaydi.
Turkiyaning Istanbul şahrida özbekistonlik Mohirano Meliyeva doridan zaharlaniş oqibatida vafot etdi.
Qayd etilişiça, ayol kasallik davrida uy şaroitida norasmiy şifokorlar kömagida davolangan. Davolaniş jarayonida qabul qilingan dori vositalarining nojöya tasiri oqibatida bemorning ahvoli oğirlaşib, qonida infektsiya rivojlangan hamda organizmida kuçli reaktsiya kuzatilgan. Şunga qaramay, u öz vaqtida şifoxonaga olib borilmagan va uy şaroitida davolaş davom ettirilgan.
Bemorning ahvoli jiddiy tus olgaç, u dastlab Marmara şifoxonasiga olib borilgan. Mazkur tibbiyot muassasasida bemorni jonlantiriş bölimiga joylaştiriş imkoniyati bölmagani sababli u Kartal tuman şifoxonasiga köçirilgan. Şifokorlar tomonidan körsatilgan zarur tibbiy muolajalarga qaramay, ayolning hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan.
Marhumaning jasadi Özbekistonga qaytarildi.
Joriy yilning avgust oyi oxirida Özbekiston Mudofaa vazirligi ilk bor Xitoyda işlab çiqarilgan va qurollanişga qabul qilingan J-10CE qiruvçi samolyotlari aks etgan videoni elon qilgan edi. Özbekiston Pokistondan keyin uşbu qiruvçi samolyotlarning ikkinçi xorijiy buyurtmaçisiga aylandi. Turli davrlarda Jazoir, Bangladeş, Misr, Indoneziya va Sudan ham uşbu samolyotlarga qiziqiş bildirgan.
Uşbu samolyotlar Xitoyda işlab çiqarilgan J-10 qiruvçilarining eksport versiyasi – J-10CE hisoblanadi. Samolyotlarning Özbekistonga yetkazib berilişi uçinçi mamlakatlarga qarşi qaratilmagan. Bu haqda tugayotgan haftada Xitoy Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Tszyan Bin söz oçdi.
“Xitoy va Özbekiston örtasidagi, şuningdek, ikki mamlakat qurolli kuçlari örtasidagi munosabatlar döstona xususiyatga ega. Tomonlar örtasida harbiy savdo sohasidagi hamkorlikning meyoriy rivojlanişi xalqaro huquq va xalqaro amaliyotga mos keladi hamda başarti biror-bir uçinçi tomonga qarşi qaratilmagan”, deydi u.
Özbekiston ikkinçi mamuriyat davrida jangovar tayyorgarlik, mudofaa sohasini moderenizatsiya qilişga alohida etibor qaratmoqda. Mamlakatda “Tarlon” va “Qalqon” köp maqsadli zirhli avtomobillari, şuningdek, yengil sovutlangan taktik maşinalar işlab çiqarilmoqda. Şuningdek, harbiy va fuqarolik maqsadlariga möljallangan “Loçin” nomli dronlar va razvedkaçi pilotsiz apparatlar işlab çiqariş yölga qöyilgan. Oğir jangovar texnikalar, aviatsiya, raketa hamda havo hujumidan himoya tizimlari asosan import qilinadi.
Mamlakat Turkiyaning “Bayraktar TB2” razvedka-zarbdor dronlarini xarid qildi va ular hozirda çegaralarni qöriqlaş hamda jangovar navbatçilikda qöllanilmoqda. Şuningdek, Turkiyaning TUSAŞ kompaniyasi işlab çiqargan ANKA oğir uçuvçisiz aviatsiya komplekslarini yetkazib beriş böyiça ham kelişuvlarga erişilgan. Braziliyaning Embraer kompaniyasi işlab çiqargan “C-390 Millennium” harbiy-transport samolyotlarini sotib oliş böyiça şartnoma imzolangan.
Sentyabr oyida Serbiyaga ilk davlat taşrifini amalga oşirgan Prezident Şavkat Mirziyoyevga mamlakat Prezidenti Aleksandr Vuçiç birgalikda ballistik raketa işlab çiqarişni taklif qildi, biroq Özbekiston uşbu taklifga qanday javob qaytargani rasmiy manbalarda oçiqlanmadi.
Özbekistonga katta pul oqimi kutilyapti. Yana kimdan, dunyoning xöjayinlaridan biri deb mubolağa qilinadigan “BlackRock” investitsiya kompaniyasidan. Bilasiz, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQŞda bölib, mamlakatni BMT minbarida tamsil etib, özining birinçi tarixiy nutqini qildi. Hozir gap Saida Mirziyoyevaning nutqi haqida emas, zotan bu böyiça alohida körsatuv tayyorlaganmiz. Gap, Mirziyoyevaning AQŞga taşrifi bahonasida ötkazgan uçraşuvlarida. Unda iqtisodiy masalalar ustunlik qildi.
Administratsiya rahbari Nyu-Yorkda “BlackRock” rahbariyati – kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, “Global Infrastructure Partners” raisi va boş ijroçi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Şarq mintaqasi böyiça rahbari Çarlz Xatami bilan uçraşdik.
Men sizga aytsam, bu şunçaki uçraşuv emas, “BlackRock” esa kiçkina kompaniya ham emas. U dunyodagi eng yirik investitsiya va aktivlarni boşqariş kompaniyasidir. 1988 yilda Larri Fink (Larry Fink) va uning şeriklari tomonidan AQŞda (Nyu-York) taşkil etilgan. Uning boşqaruvidagi aktivlar hajmi 10 trillion dollardan ortiqni taşkil etadi.
“BlackRock” haqida gap ketganda, ommaviy axborot vositalarida va geosiyosiy tahlillarda “dunyoni parda ortidan boşqaruvçi yaşirin kuç” yoki “dunyo xöjayini” degan sifatlaşlar tez-tez uçraydi.
Bunga yetarli asoslar mavjud. Masalan, 2008 yildagi iqtisodiy inqirozda hamda 2020 yildagi pandemiya davrida AQŞ Federal Zaxira Tizimi milliardlab dollarlik qimmatli qoğozlarni sotib oliş va bozorni qutqariş vazifasini aynan “BlackRock”ga topşirgan.
“BlackRock” investitsiya kiritişdan boş tortgan davlat yoki sektor iqtisodiy qiyinçilikka duç keladi, degan qaraşlar ham yöq emas. Ular belgilaydigan ekologik va ijtimoiy masuliyat standartlari butun dunyo böylab kompaniyalarning siyosatini özgartirişga majbur qiladi.
Özbekiston uşbu kompaniya bilan ilk muloqotni 2025 yilda Prezident darajasida boşlab bergan edi. 2025 yilning iyun oyida kompaniya rahbariyati Toşkentga keldi. Öşa yilning sentyabr oyida esa Prezident Şavkat Mirziyoyev AQŞga qilgan safarida kompaniyaning direktorlar kengaşi azosi va katta boşqaruvçi direktori Adebayo Ogunlesini qabul qildi. Xuddi şunday uçraşuvlar joriy yilning yanvar oyida Şveytsariyaning Davos şahrida ötgan Tinçlik forumi doirasida ham ötkazildi. Kompaniya rahbariyati bilan oxirgi uçraşuv joriy yilning iyul oyida Toşkentda ötdi.
Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan tarixiy uçraşuviga izoh berarkan, muloqotda 2027 yilda Toşkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yölga qöyiş masalasi muhokama qilingani, kompaniya uşbu Markaz kontseptsiyasi va tuzilmasini işlab çiqişda kömaklaşayotganini bildirdi.
“AQŞ işbilarmon doiralari vakillari iştirokidagi qöşma davra suhbatida Özbekiston hamda mintaqamizning yaqin ön yilliklarga möljallangan rivojlaniş istiqbollari yuzasidan fikr almaşdik. Özbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uçun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.