USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Taftiş.uz” va DXXning sobiq xodimlariga hukm öqildi

486 марта
“Taftish.uz” ва ДХХнинг собиқ ходимларига ҳукм ўқилди

Bugun, 24 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi “Taftiş.uz” tahririyati xodimlari va DXXning sobiq zobitlariga nisbatan hukm öqidi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov malum qildi.

Uning bildirişiça, ularga 4 yil 1 oydan 10 yil 6 oygaça bölgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Xususan, tahririyat rahbari Ğayrat Aberayev 10 yil 6 oyga, jurnalist Marjona Eşquvvatova 4 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.

Şuningdek, tahririyatning yana ikki nafar vakili hamda DXXning sobiq xodimlari 10 yildan ortiq muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan. Ular tuhmat, haqorat, firibgarlik, tovlamaçilik singari jinoyatlarda ayblangan. Yopiq sud majlisi hukmiga köra, sudlanuvçilar jazo muddatlarini umumiy tartibdagi koloniyalarda ötaydi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning yanvar oyida “Taftiş.uz” saytining 4 nafar xodimi tovlamaçilik va firibgarlikda gumonlanib qölga olingandi. Keyinroq, iş doirasida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi tergov departamenti va uning quyi tizimlari tomonidan 27 nafar fuqaroning murojaatlari asosida 21 ta holatda Jinoyat kodeksining 168-moddasi, (firibgarlik) 165-moddasi, (tovlamaçilik) 139-moddasi (tuhmat) va 244-6-moddasida (yolğon axborot tarqatiş) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat işlari qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani malum böldi.

Joriy yilning aprelida “Taftiş.uz”  xodimlari işini Harbiy prokuratura tergovçilari olib borayotgani malum bölgan. Abdurahmon Taşanov öşanda bunga sabab sifatida iş böyiça DXXning bir neça xodimi ham ayblanuvçilar qatorida bölganini körsatgan. Huquq faoli tergov davomida sayt jamoasiga qarşi 400 dan ortiq fuqaroning arizasi körib çiqilganini bildirgan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: