“Krokus”dagi teraktni uyuştirganlarga hukm öqildi
12-03-2026, 16:15
816 марта

“Krokus”dagi teraktni uyuştirganlarga hukm öqildi
Bugun, 12 mart kuni Rossiya Ikkinçi Ğarbiy okrug harbiy sudi Moskva viloyatidagi “Crocus City Hall” majmuasida sodir etilgan teraktning tört nafar bevosita ijroçisini umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.“Fariduni, Mirzoyev, Fayzov va Rajabalizoda aybdor deb topilsin va ularga umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlansin”, deya hukmni öqib eşittirgan sudya.
Şuningdek, sud ularning har biriga 990 ming rubl miqdorida jarima tayinlagan. Mahkumlar jazoni alohida tartibli koloniyada ötaydi.
Şuningdek, Umidjon va Mustaqim Soliyevlar, Şaxromjon Gadoyev, Zubaydullo Ismoilov, Xuseyn Hamidov, Muhammad Şarifzoda, Yoqubjoni Yusufzoda, Nazrimad Lutfulloi, Jumaxon Qurbonov, Xusan Medov va Jabroil Auşev ham umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosini olgan.
Terakt ijroçilariga turarjoyni ijaraga bergan Alişer Qosimov 22 yil-u 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Uning Moskva viloyatidagi kvartirasi musodara etilgan. Ularga avtomobil sotgan Isroil, Dilovar va Aminjon Islomovlar esa 19 yil-u 11 oy muddatga hukm qilingan.
Iş böyiça ayblanuvçilar terakt sodir etiş, terrorçilik faoliyatiga kömaklaşiş, terrorçilik faoliyatini amalga oşiriş maqsadida öquvdan ötiş va boşqa jinoyatlarda aybdor deb topilgan.