Mahluq pedofil qamoqda mehribon bölib qolmaydi – Alişer Qodirov
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi rahbari Alişer Qodirov ayrim oğir jinoyatlar uçun ölim jazosi qöllanişi zarurligini aytdi. Bu haqda Qodirov özining Telegram-kanalida yozdi.
“Biz bugun begunoh xalqlar va bolalar qirğiniga çora körolmaydigan darajada zaif va ikkiyuzlamaçi mezonlarga moslaşiş va özlariga qarşi işlatilişidan xavotir olayotgan “qörqoq qahramonlar”ni ayyuhannoslariga quloq tutib bu zaruratga köz yumyapmiz”, deydi deputat.
Uning yozişiça, ayrim toifadagi jinoyatçilarni jamiyatdan umrbod ajratib qöyişning özi yetarli emas. Qodirov, ayniqsa, qasddan odam öldirganlar, bola qotillari va pedofillarga nisbatan ölim jazosi qöllanişi kerakligini ilgari surgan.
“Ajratib olişda xato qiliş mumkin bölmagan ayrim toifadagi jinoyatçilarning yaşaşi öziyoq jamiyat halovati uçun xavfdir. Bu toifadagi jinoyatçilarni yillar davomida yanada jinoyatçiroq qilib jamiyatga qaytariş orqali jinoyatni pro şakllari uçun şaroit yaratilmoqda, xolos. Amaldagi qonunlar bilan ehtimoliy vatan xoĭni davr özgarib milliy qahramonga aylanişi mumkindip, unga heç qaçon ölim jazosi qöllanilmasligi kerak, lekin retsidivist, bola öldira olgan yoki murğak bolani toptaş darajasidagi mahluq-pedofilni qamoqda mehribon pedagog bölib qolişiga kimdir işonsa hayratlanaman”, deya yozgan u.
Qodirovning fikriça, bunday jinoyatçilarni uzoq yillar davomida qamoqda saqlab, keyinçalik jamiyatga qaytariş yangi jinoyatlar sodir etilişiga şaroit yaratişi mumkin.
U insonning boşqa insonni öldirişini dunyoviy va diniy qaraşlarda eng oğir jinoyatlardan biri sifatida baholab, bunday jinoyat uçun jazoga nisbatan turli yondaşuvlar mavjudligini qayd etgan.
Deputat qasddan odam öldirgan, ayniqsa bola qotillari özlarini qanday jazo kutayotganini aniq bilişi kerakligini takidlagan.
“Beayb insonni qasddan öldirgan, ayniqsa bola qotili va pedofillarni yaşaşda davom etişi keyingi şu şakldagi jinoyatlar uçun motivatsiyadir”, deb yozgan Alişer Qodirov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi boğçada ombor mudiri 5 yaşar tarbiyalanuvçini zörlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uçqörğon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 4-qismi va 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan K.M. protsessual tartibda uşlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan taşqari, yşbu voqea ortidan Özbekistondagi boğçalarda xodimlarni tekşiriş boşlangandi hamda yuz bergan köngilsiz holatni atrofliça örganiş, masullarning xizmat vazifasiga loyiqligini körib çiqiş böyiça Maktabgaça va maktab talimi vazirligi tomonidan Işçi guruh tuzilgangandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Maktabgaça va maktab talimi vazirligiga taqdimnoma kiritgandi. Mazkur holat böyiça tergovni Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev şaxsan nazoratga olgandi.
Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva qizçani zörlagan ombor mudiriga maksimal oğir jazo berilişini bildirgan edi. Bundan taşqari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva malum qilişiça, qizaloq va uning onasiga boşqa şahardan uy-joy ajratilib, onasiga esa öqiş va işga joylaşişda yordam beriladi.