USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Çigirtkalar Hazoraspga ham yetib keldimi? Ijtimoiy tarmoqlardagi videolar xavotir uyğotmoqda

413 марта
Çigirtkalar Hazoraspga ham yetib keldimi? Ijtimoiy tarmoqlardagi videolar xavotir uyğotmoqda

Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Hazorasp tumani markazida köplab çigirtkalar körinayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda. Videolarda yerda, daraxtlarda va hatto yöllarda harakatlanayotgan çigirtkalar soni oz emas. Bu holat fuqarolar örtasida xavotir uyğotmoqda: “Çigirtka balosi biz tomonlarga ham yetib keldimi?”

Bu şunçaki tasodifmi yoki kengayib borayotgan ofatmi?

Malumotlarga köra, hozirda Özbekistonning bir neça viloyatlarida, xususan Qaşqadaryo, Surxondaryo va Navoiyda çigirtka köpayişi kuzatilmoqda. Ayrim hududlarda hatto maxsus dezinfektsiya işlari olib borilayotgani xabar qilingan. Endi esa Xorazmning şarqiy çekkasidagi Hazorasp tumanida ham şu holat kuzatilgani – bu tabiiy savolni tuğdiradi: zararkunandalar bizda ham köpayyaptimi?

Çigirtkalarning xavfi nimada?

Çigirtkalar – ayniqsa marokaş va afrikalik çigirtkalar dehqonçilik uçun eng xavfli zararkunandalardan hisoblanadi. Ular qisqa muddat içida katta maydonlarni yeb bitirişi, donli ekinlar, sabzavot, uzumzorlar va boşqa hosilga jiddiy zarar yetkazişi mumkin.

Mutaxassislar fikriga köra, bir neça yuz mingdan iborat çigirtkalar tödasi bir neça soatda 1 gektardan ortiq yer maydonini yöq qilişga qodir.

Rasmiylardan hali izoh yöq

Hazoraspda çigirtkalar köpaygani haqida rasmiylar hozirça heç qanday izoh bermagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar esa bu masalaga tezkor munosabat bildirişni talab qilmoqda. Aks holda, keçikkan harakatlar sababli, çigirtkalar tuman va viloyat miqyosida keng tarqalib ketişi ehtimoli bor.

Tanqidiy savollar oçiq qolmoqda:
 • Çigirtkalarga qarşi kuraş tadbirlari olib borilyaptimi?
 • Tuman sanitariya va qişloq xöjaligi xizmatlari xabardormi?
 • Bu holat boşqa tumanlarga ham tarqaliş ehtimoliga ega emasmi?

Xulosa örnida

Xalqdan tuşayotgan videolar, kuzatuvlar – bu oddiy ogohlantiriş emas. Har qanday xavfni oldini oliş unga qarşi öz vaqtida çoralar körişga boğliq. Aks holda, çigirtkalar bilan boğliq bu holat Hazoraspdagi hosildorlikka, oziq-ovqat narxlariga va eng muhimi – aholining işonçiga salbiy tasir qilişi mumkin.

Xorazmbugun.uz jamoasi uşbu masalani mutasaddi idoralar etiboriga havola qiladi va rasmiylardan izoh kutadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: