Buxoro va Xorazmni boğlovçi yölni çigirtkalar bosdi
11-05-2025, 12:52
835 марта
Buxoro va Xorazmni boğlovçi yölni çigirtkalar bosdiBuxoro va Xorazm viloyatlarini boğlovçi A380 avtomobil yölini çigirtkalar tödasi bosdi.
FVVga köra, uşbu hududlarga kimyoviy işlovlar berilmoqda va vaziyat nazoratga olingan. Ösimlik karantini va himoyasi agentligining bildirişiça, bunday saksovul bukri çigirtkalari ekinlarga zarar yetkazmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro va Xorazm viloyatlarini boğlovçi A380 avtomobil yölida çigirtkalar tödasi yurgani aks etgan video tarqaldi.
Ösimlik karantini va himoyasi agentligining bildirişiça, mazkur hududda saksovul bukri çigirtkasi tödasi aniqlangan. Ularni öz vaqtida talofatlarsiz bartaraf etiş maqsadida Buxoro viloyatining Çigirtka va tut parvonasiga qarşi kuraş xizmati 2 ta otryadga bölingan holda 4509 gektar maydonda kimyoviy işlovlar olib borgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi uşbu hududlarda 15 ta maxsus texnika yordamida kimyoviy işlovlar berilganini, hozirda vaziyat töliq nazoratga olinganini malum qildi.