Prezident Xorazmda arzon avtomobil işlab çiqarilişini elon qildi
2-05-2025, 15:00
1 100 марта

Prezident Xorazmda arzon avtomobil işlab çiqarilişini elon qildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatining Tuproqqala tumanidagi “Damas” zavodi böyiça katta yangilikni aytdi. Bu haqda bugun, 2 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning ustuvor vazifalariga bağişlangan yiğilişda malum qilindi.Bildirilişiça, bu zavodda 100 million dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobil işlab çiqariş boşlanadi. Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi, 7 örindiqqa ega böladi.
Mutasaddilarga joriy yilda hamkorlar bilan muzokarani yakunlab, keyingi yilda yirik uzelli yiğiş usulida işlab çiqarişni boşlaş, 2027 yilda töliq tsiklga ötib, mahalliylaştirişni 50 foizga olib çiqiş topşirildi.