USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Uruşda soyada qolayotgan kuçlar

118 марта
Урушда сояда қолаётган кучлар

“Ukrainaga Yevropa yordam bermoqda”, “Kiyev yolğiz özi bu yergaça kelolmasdi”, mazmunidagi gaplarni köp gapirdik. Haqiqatan ham Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Amerika Qöşma Ştatlari Moskva qöşinlari bosqinidan beri Kiyevga milliardlab dollarlik yordam berib kelmoqda. Faqatgina 2024–2025 yillardagi umumiy körsatkiçlarga köra, Ukrainaga jami 250 milliard yevrodan ortiq (majburiy vada qilingan) yordam ajratilgan.

Ammo Rossiyani ham bu yerda yolğiz deb bölmaydi. Putin hukumati işonadigan, uruş holatida ham unga yordam beradigan, kerak bölsa öz askarlarini qöş-qöllab topşiradigan birgina inson bor. Bu esa şubhasiz, Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In.

Şunçaki harbiy yordam emas

Ğarb davlatlari Kiyevga keng miqyosda yordam berib kelmoqda, ammo ularning heç biri hali rasman Rossiya – Ukraina uruşiga öz armiyasidan harbiylarni jalb qilganiça yöq. Şimoliy Koreya esa bu borada paçakilaşib ötirgani yöq, Putin söragan kezda unga minglab askarlarini jönatişga tayyor.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri Şimoliy Koreya Moskva uçun muhim ittifoqçiga aylandi. “Council of Foreign Relations” (CFR) agentligining ötgan yilgi malumotlariga köra, 2024 yil oktyabrdan beri Rossiyaga jami 14–15 ming atrofida şimoliy koreyalik harbiy yuborilgan va bu hanuzgaça davom etib kelmoqda. Ularning asosiy qismi Şimoliy Koreya armiyasining maxsus tayyorlangan 11-korpusi – “Storm Corps” jangçilari bölgan.

Buni qarangki, aynan Kim Çen Inning kömagi uruşda kezi kelganda hal qiluvçi rol öynaydi. Pxenyan tomonidan yuborilgan harbiy kuçlar dastlab Rossiyaning Kursk viloyatidagi janglarda, şuningdek, Ukraina kuçlarini Rossiya hududidan siqib çiqariş operatsiyalarida harakat qilib kelmoqda. Bundan taşqari, ular çegara atrofidagi harbiy harakatlarga ham jalb qilingan bölib, bu orqali Moskva özining tajribali zarbdor brigadalarini Şarqiy Ukrainadagi asosiy hujum nuqtalariga yönaltirmoqda.

Qiziq jihati, tomonlar bu harakatlarni sir saqlaşga harakat qiladi. “Center for Strategic and International Studies” (CSIS) taşkiloti tahlillarida keltirilişiça, Rossiya Şimoliy Koreya harbiylarini mamlakatga asosan dengiz orqali olib kirgan. Birinçi guruhlar Şimoliy Koreyaning Vonsan, Çxonjin, Hamxung va Musudan kabi portlaridan Rossiya Tinç okeani flotining kemalarida Vladivostokka olib kelingan. Keyin ular Rossiyaning şarqidagi harbiy bazalarga köçirilgan va u yerda rus harbiy kiyimi, quroli hamda ayrim hollarda soxta identifikatsiya hujjatlari bilan taminlangan. Keyingi bosqiçlarda esa Rossiyaning yuk kemalari va harbiy samolyotlaridan ham foydalanilgani haqida Janubiy Koreya razvedkasi xabar bergan.

Joriy yilning 28 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham X’dagi sahifasida Rossiya Şimoliy Koreyalik 10 ming nafar harbiyni uruşga jalb qilişi haqida malumotlar olganini aytdi. Uning takidlaşiça, ayni paytda Pxenyan Kremlga 8 mingdan ortiq askar bergan va yana minglab jangçilarni harbiy tayyorgarlikdan ötkazmoqda.
Xöş, bu nimani anglatadi?

Rossiya frontlarni kengaytiriş u yoqda tursin, ayni vaqtdagi çiziqni saqlab qolişda muammolarga duç kelmoqda. Pxenyan esa Moskva uçun oddiy qurol yetkazib beruvçi davlatdan asta-sekin qöşimça harbiy resurs manbaiga aylanmoqda.

Saxiy Kim

“Döst oğir kuningda bilinadi”, deyişadi. Kim Çen In boşçiligidagi hukumatning Putin bilan munosabatlari ham ayni uruş vaqtida har qaçongidan ham yaxşilandi. Şimoliy Koreya öz qöşinlari mojaroga aralaşişidan ança oldin Rossiyaning harbiy harakatlariga yordam berişni boşlagan va birinçi marta 2023 yil avgust oyida qurol yetkazib bergan. Öşa paytda rus qöşinlariga öq-dori yetişmayotgan, içki işlab çiqariş esa mavjud talabni qondira olmayotgan payt edi. Janubiy Koreya va AQŞ razvedkasi malumotlariga köra, KXDR Rossiyaga millionlab, turli hisob-kitoblarda 5 milliondan 8 milliongaça bölgan miqdorda artilleriya snaryadlarini yetkazib bergan.

Manbalarga qaraganda, KXDR Rossiyaga KN-23 (Hwasong-11Ga) va KN-24 qisqa masofali ballistik raketalarini va ularning uçiriş qurilmalarini ham yetkazib bergan. Bu qurilmalar Ukrainaning içki hududlaridagi strategik hamda harbiy obektlarga uzoq masofali zarbalar berişda qöllanilmoqda.

Şuningdek, Ukraina Mudofaa razvedka boşqarmasi qömondoni general-leytenant Kirill Budanovning sözlariga köra, Moskva va Pxenyan yaqinda Rossiya aholi punktlariga vayronkor zarbalar berişda foydalanib kelinayotgan “Şahid” uslubidagi uçuvçisiz uçiş apparatlarini Şimoliy Koreyada işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça bir qança kelişuvlarga erişganini takidladi.

CFR malumotlariga köra, Rossiyaning bazi bölimlari tölaqonli KXDRdan keluvçi yordamlarga tayangan. Umuman olganda, Ukraina harbiy razvedka boşqarmasi Şimoliy Koreya Rossiya artilleriya snaryadlarining taxminan yarmini yetkazib berayotganini taxmin qilmoqda.

Uşbu qurollarning jang maydoniga körsatgan tasirini töliq baholaş qiyin bölsa-da, BMTning sanktsiyalarni monitoring qiliş guruhi ekspertlari yaqinda Şimoliy Koreyaning qöllab-quvvatlaşi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini davom ettiriş imkoniyatiga salmoqli hissa qöşganini takidladilar.

Foyda nima?

“Sizdan ugina, bizdan bugina”, deganlaridek, KXDRning Rossiyaga berayotgan yordami beminnat emas. Şimoliy Koreya Rossiya – Ukraina uruşi boşlanişi bilan qulay imkoniyatdan foydalanib qoldi. Rossiyaning Ukraina harbiylari bir neça kun içida taslim böladi, degan taxmini mutlaqo xato bölib çiqdi va tez orada Rossiyada öz hujumini davom ettiriş uçun qurol-yaroğ ham, jonli kuç ham yetarli emasligi ayon böldi. Şimoliy Koreya esa Rossiyaga yordam berişga tayyor va buni amalga oşirişga qodir bölgan sanoqli mamlakatlardan biri ekanini körsatdi.

2023 yil iyul oyida öşa paytdagi Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu Koreya uruşi tugaganining yilligini nişonlaş uçun Pxenyanga delegatsiyani boşlab bordi. U yerda Kim mamlakatning harbiy salohiyatini namoyiş etdi va ikki rasmiy şaxs harbiy hamkorlikni muhokama qildi. Oradan bir oy ham ötmay, Şimoliy Koreya Rossiyaga öq-dorilarning birinçi partiyasini yubordi. Mamlakatlar öz ittifoqçiligini 2024 yil iyun oyida, Kim va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin özaro mudofaa bandini öz içiga olgan har tomonlama strategik şeriklik töğrisidagi şartnomani imzolab, mustahkamladilar.

Şundan söng, Moskva tizimli harbiy resurs taminotini topdi. Pxenyan ham buning evaziga şunçaki pul yoki oziq-ovqat olmayapti. Rossiya Şimoliy Koreyaga harbiy texnologiyalar, havo mudofaasi vositalari, elektron kuraş tizimlari va harbiy tajriba berayotgani haqida malumotlar bor. Eng muhimi, Şimoliy Koreya harbiylari Koreya uruşidagi janglardan beri amalda körmagan keng kölamli, zamonaviy uruş tajribasini Rossiyada olyapti.

Rossiya Şimoliy Koreyaning tajribasiz harbiylariga jang maydonida tajriba orttiriş imkoniyatini berdi. Şimoliy Koreya kuçlari vaqt ötişi bilan öz taktikasini özgartirib, Ikkinçi jahon uruşi davriga xos oçiq maydondagi klassik uslubdagi yengil piyoda hujumlaridan dronlardan foydalanişga öta boşladi. Bundan taşqari, Kreml taminotni oşiriş maqsadida Pxenyanga katta miqdorda investitsiyalar kiritmoqda, zamonaviy qurollar işlanmalarini topşirmoqda. Bu esa KXDRdek yadro qurollarini zerikkanda maqtovçi davlatning harbiy salohiyati oşişiga sabab bölyapti.

Pxenyan uçun Ukraina uruşi öz armiyasini haqiqiy jang tajribasi bilan taminlaş, Rossiyadan zamonaviy texnologiyalar oliş va ikki davlat örtasidagi harbiy ittifoqni mustahkamlaş imkoniyatiga aylandi. Yani Rossiya Şimoliy Koreyadan askar va snaryad olayotgan bölsa, Şimoliy Koreya ham bu uruşdan öz armiyasi uçun tajriba va texnologiya yiğmoqda. Şu sababli bu hamkorlikning tasiri faqat Ukraina fronti bilan çeklanib qolmay, Koreya yarimoroligaça yetib boradigan xavfsizlik masalasiga aylanmoqda.

Xulosa qilib aytganda, bugun Putin hokimiyati harbiy masalada Kim Çen Inga suyanmoqda. Ammo şu bilan birga, Şimoliy Koreyaning yordami ortida öz qöşinlarining salohiyatini oşiriş va harbiy texnologiyalarni zamonaviylaştiriş maqsadi ham turibdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: