Kim Rossiya – Ukraina uruşini muqaddas uruş deb atadi
Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Rossiya bilan qöşma hamkorlikni kengaytiriş va çuqurlaştiriş niyatida ekanini malum qildi hamda Rossiyaning Ukrainadagi uruşdagi ğalabasiga işonç bildirdi. Bu haqda Kim Çen In Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yöllagan maktubida söz oçgan.
Qayd etilişiça , uşbu maktub keça, 14 sentyabr kuni Şimoliy Koreya taşkil topganining 78 yilligi munosabati bilan Putinning tabrigiga javob tariqasida yuborilgan.
Kim Çen In Pxenyan hukumati Rossiya bilan döstlik, özaro yordam va ikki davlat örtasidagi ittifoqçilik munosabatlariga asoslangan hamkorlikni har tomonlama kengaytiriş va çuqurlaştirişga qatiy irodaga ega ekanini takidlagan.
Şuningdek, u Rossiyaning hozirgi “mamlakat xavfsizligi manfaatlari va xalqaro adolatni himoya qiliş muqaddas uruşi”da ğalaba qozonişiga işonç bildirgan. Bu ibora Rossiyaning Ukrainadagi uruşiga işora sifatida baholanmoqda.
Şimoliy Koreya yetakçisi Putin va Rossiya xalqiga “özgarmas qöllab-quvvatlovi”ni vada qilgan.
Kim Çen In şuningdek, Xitoy rahbari Si Tszinpinga ham şunga öxşaş maktub yöllagan. 13 sentyabr kuni Şimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi elon qilgan javob maktubida u Şimoliy Koreya Xitoy bilan ananaviy döstlikni yanada rivojlantiriş va umumiy sotsialistik maqsadni ilgari suriş uçun hamkorlik qilişini bildirgan.
Ikkala maktub ham Putin va Si Tszinpinning 9 sentyabr kuni, Şimoliy Koreya taşkil topganining 78 yilligi nişonlangan paytda yuborgan tabrik maktublariga javob bölgan.
Malumot örnida, sönggi vaqtlarda Moskva va Pxenyan örtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yaqinlaşdi. Şimoliy Koreya 2024 yilda Ukrainada Rossiya qöşinlari bilan birga jang qiliş uçun harbiylarini yuborgan va özaro mudofaa töğrisidagi şartnoma doirasida harbiy hamkorlikni çuqurlaştirgan.