USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya va Şimoliy Koreya örtasida ilk avtomobil köprigini oçildi

70 марта
Россия ва Шимолий Корея ўртасида илк автомобиль кўпригини очилди

Rossiya va Şimoliy Koreya Tumangan daryosi orqali ötuvçi birinçi avtomobil köprigini oçdi. Bu haqda Rossiyaning davlat agentligi TASS xabar berdi.

Bir kilometr uzunlikdagi ikki qatorli köprik ikki davlat örtasidagi strategik şeriklikni mustahkamlaşda muhim qadam sifatida baholanmoqda. U Rossiyaning Xasan şahri va Şimoliy Koreyaning Reson şahri yaqinidagi hududlarni boğlaydi.

Qayd etilişiça, köprikning oçiliş marosimida Rossiya Boş vaziri Mixail Mişustin va Şimoliy Koreya Boş vaziri Pak Txe Son videomuloqot orqali iştirok etgan. Mişustinning takidlaşiça, yangi transport yölagi ikki davlat örtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnologik va madaniy hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qiladi.

Yangi köprik mavjud temiryöl “Döstlik köprigi” yaqinida qurilgan. Uşbu temiryöl köprigi 1959 yilda işga tuşirilgan bölib, yangi avtomobil yöli Rossiya va Şimoliy Koreya örtasidagi transport aloqalarini kengaytiriş imkonini beradi.

Köprik qurilişi 2025 yil aprelida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2024 yilda Şimoliy Koreyaga taşrifi davomida erişilgan kelişuvlardan söng boşlangan.

Moskva va Pxenyan sönggi yillarda, xususan, Rossiyaning Ukrainadagi uruşi boşlanganidan keyin munosabatlarni sezilarli darajada çuqurlaştirdi. Yangi köprik ikki davlat örtasidagi iqtisodiy va logistika aloqalarini yanada kuçaytirişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Şimoliy Koreya mintaqaviy xavfsizlik masalalari böyiça harakatlarni muvofiqlaştirayotganini malum qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: