Kimning vakili Kremlda Putin bilan uçraşdi
Keça, 19 iyul kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Şimoliy Koreya Taşqi işlar vaziri Çxve Son Xi bilan uçraşdi va Moskva “maxsus harbiy operatsiya” deb ataydigan harakatlarda körsatilgan yordam uçun unga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Kreml xabar qildi.
Kreml malumotiga köra, uçraşuvda Çxve Son Xi Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In yaqinda mamlakatning Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarni har tomonlama rivojlantirişga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaganini aytgan. Uçraşuvda Rossiya tomonidan Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov va Prezident yordamçisi Yuriy Uşakov ham iştirok etgan.
Putin, şuningdek, KXDR Davlat işlari raisi Kim Çen Inga eng samimiy salomlarini yöllagan.
Malumot uçun, Şimoliy Koreya qöşinlari 2024 yilda Rossiyaning ğarbidagi Kursk viloyatiga Ukraina tomonidan amalga oşirilgan yirik hujumni qaytarişda Rossiyaga yordam bergan. Ukraina qöşinlari 2024 yil avgust oyida çegarani kesib ötib, bir neça oy davomida Kursk viloyatining katta qismi ustidan nazoratni saqlab turgan edi.
Ikki davlat örtasidagi özaro mudofaa töğrisidagi şartnoma doirasida Şimoliy Koreya Kursk viloyatida Rossiya tomonida jang qiliş uçun taxminan 14 ming nafar harbiyni yuborgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In sezd davomida yoşlarni Koreya Mehnat partiyasi vazifalarini bajarişda asosiy kuç deb atagan va ularni Ukrainadagi uruşda Rossiya tomonida turib jang qilişga tarğib qilgandi.