Çilonzorda harakatlanib ketayotgan maşinani daraxt bosib qoldi
Keça, 1 oktyabr kuni Toşkent şahar Çilonzor tumanida harakatlanib borayotgan maşina ustiga daraxt sinib, qulab tuşdi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa soat 23:59 da Çilonzor tumanining Kiçik halqa köçasida sodir bölgan.
Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv ekipajlari va hamkorlikdagi xizmatlar jalb etilgan hamda olib borilgan tezkor çoralar natijasida yöldagi tösiqlar bartaraf etilib, avtomobillar harakati qayta tiklangan.
Malum qilinişiça, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanida harakatlanib borayotgan 2 ta avtomaşina ustiga daraxt sinib, qulab tuşgan edi.