USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Hindistonda özbekistonlik ayol fohişaxonadan qutqarildi

184 марта
Ҳиндистонда ўзбекистонлик аёл фоҳишахонадан қутқарилди

Hindistonning “The Hans India” naşri joriy yilning 1 oktyabr kuni Gaçibovli politsiyasi mehmonxonalarning birida noqonuniy biznes yuritganlikda gumonlangan ikki kişini hibsga olgani va u yerdagi fohişaxonadan olti nafar özbekistonlik ayolni qutqargani haqida yozdi. QALAMPIR.UZ xabarga aniqlik kiritiş maqsadida Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev bilan boğlandi.

Uning bildirişiça, Özbekistonning Hindistondagi elçixonasi tomonidan Haydarobod politsiyasi bilan ötkazilgan aniqlaştiriş natijasida ulardan bir nafari Özbekiston Respublikasi fuqarosi, qolgan ikki nafari boşqa davlat fuqarolari ekani aniqlangan.

Uşbu holat yuzasidan Hindiston Respublikasining “Axloqsiz savdoning oldini oliş töğrisida”gi qonuni (ITPA, 1956) asosida jinoyat işi qözğatilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Fuqaroning qonuniy huquqlarini taminlaş maqsadida mahalliy politsiya organlari bilan rasmiy aloqa örnatilgan. Elçixona iştirokida u Haydarobod şahri Kukatpalli tumanidagi ijtimoiy xizmat boşpanasiga joylaştirilgan. Fuqaroni Özbekistonga qaytariş masalasi yuzasidan tegişli işlar olib borilmoqda. Vaziyat elçixona nazoratiga olingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiyaning Tokio şahrida 45 yoşli özbekistonlik kurer 10 yaşar qizga uyatsiz harakat qilganlikda gumonlanib, qölga olingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: