Xorazmlik ğallalar mamlakatda yetakçi
17-06-2025, 08:50
610 марта
Xorazmlik ğallalar mamlakatda yetakçiXorazm viloyati ğallakorlari mamlakatda birinçi bölib davlat ehtiyojlari uçun tovar don topşiriş böyiça belgilangan şartnoma rejasini ortiği bilan bajardi.
Joriy yil hosili uçun viloyatdagi ğallaçilik klasterlari va fermer xöjaliklari tomonidan 33 ming 200 gektar maydonga kuzgi boşoqli don ekinlari ekilgan edi. Sohaga ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarning keng joriy etilgani, barça agrotexnika tadbirlari sifatli amalga oşirilgani tufayli don hosili möl böldi.
Xorazmlik ğallakorlar bugungaça 106,6 ming tonna hosil yiğib olib, şartnoma rejasini 107,1 foizga bajardilar. Bunday natija qölga kiritilişida, ayniqsa, Yangibozor, Xonqa, Gurlan, Tuproqqala, Xazorasp, Xiva va Yangiariq tumanlari dehqonlarining hissasi katta böldi.