Urganç şahrida 20 iyun kuni tabiiy gaz bölmaydi, ammo metan şaxobçalari faoliyatni töxtatmaydi
19-06-2025, 20:08
434 марта
Urganç şahrida 20 iyun kuni tabiiy gaz bölmaydi, ammo metan şaxobçalari faoliyatni töxtatmaydiEslatib ötamiz, 2025 yil 20 iyun kuni, soat 09:00 dan 18:00 gaça Urganç şahrining barça hududlarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda masul idoralar rasman malum qildi.
Gaz taminotini töxtatişga asosiy sabab — “Urganç” gaz taqsimlaş stantsiyasiga ulangan yuqori bosimli gaz quvurlarida tamirlaş işlari olib borilişidir. Şu munosabat bilan nafaqat aholi xonadonlari, balki şahardagi yirik va kiçik işlab çiqariş sanoat korxonalari ham muvaqqat gazsiz qoladi.
Şuningdek, taom tayyorlovçi muassasalar, nonvoyxonalar, oziq-ovqat işlab çiqaruvçilar va aholi tomonidan keng foydalaniladigan turli xöjalik obektlari ham uşbu vaqtinça noqulaylikdan tasir köradi.
Metan şaxobçalari uzliksiz işlaydi
Şu bilan birga, aholi orasida tez-tez qaytarilayotgan savol — metan zapravkalar ham yopiladimi? — degan masalaga oydinlik kiritildi. Mutasaddilar malum qilişiça, Urganç şahridagi metan (AGTKŞ) zapravkalar tabiiy gaz quvurlariga emas, alohida zaxira manbalarga ulangan, şu sababli ular faoliyatini davom ettiradi va avtomobilingiz uçun metan topişda muammo bölmaydi.
Gaz qayta ulanişi avtomatik amalga oşiriladi
Tamirlaş işlari yakunlangaç, gaz taminoti avtomatik ravişda qayta tiklanişi kutilmoqda. Ammo ehtiyot çorasi sifatida aholiga gaz uskunalarini vaqtinça öçirib qöyiş, xavfsizlik qoidalariga amal qiliş tavsiya etiladi.
“Xorazmbugun.uz” jamoasi vaziyatni kuzatib boradi va har qanday yangilik yuzasidan tezkor malumot beradi.