USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Saida Mirziyoyeva bitiruvçilarga medal, MTB rahbarlariga esa maşina topşirdi

215 марта

Saida Mirziyoyeva bitiruvçilarga medal, MTB rahbarlariga esa maşina topşirdi

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tönğiç qizi – Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva keça, 19 iyun kuni Samarqand viloyatida böldi va maktab bitiruvçilariga oltin medallar, Maktabgaça talim vazirligining hududiy boşqarmalari rahbarlariga xizmat avtomaşinalarini topşirdi. Bu haqda u özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozdi.


“Keça biz Samarqanddagi 71-maktabda böldik, uşbu ziyo maskani yorqin natijalarni namoyon etmoqda: bitiruvçilar orasida medal olayotgan va xalqaro talim muassasalariga öqişga kirayotgan yoşlar köp. Ötgan yili esa mazkur dargohning barça bitiruvçilari oliy öquv yurtlari imtihonidan ötib, talabalikka qabul qilindi. Uşbu maktabni va Samarqanddagi boşqa maktablarni alo baholar bilan bitirgan öquvçilarga oltin medallarni topşiriş menga katta mamnuniyat bağişladi”, deb yozadi Mirziyoyeva.

Şuningdek, Prezident topşiriğiga binoan, Qöşrabot tumanidagi öquvçilar uçun 17 ta yangi maktab-avtobusi taqdim etildi. Uşbu sovğa tumandagi 20 ta olis maktabda tahsil olayotgan 750 nafardan ziyod öquvçiga xavfsiz va qulay tarzda öz sinfxonalariga yetib boriş imkonini beradi.

“Biz har bir bola, qayerda yaşaşidan qati nazar, sifatli, zamonaviy va munosib talim oliş imkoniyatiga ega bölişini juda istaymiz hamda bunga erişiş uçun barça say-harakatlarimizni  yönaltiramiz.

Men uçun farzandlarimizning samimiy va beğubor his-tuyğularini hamda çaqnab turgan közlarini körişdan köra kuçliroq ilhomlantiruvçi narsa yöq”, deydi Prezident yordamçisi.

Şu kuni Samarqand şahridagi “Boqiy şahar” majmuasida “Turon” teatr körik-tanlovi ğoliblarining taqdirlanişi, “Iqtidor” tanlovi finalçilari — maktab ansambllarining yorqin çiqişlari böldi va Saida Mirziyoyeva uşbu tadbirda ham iştirok etdi. Unga qizi Saodatxon, Maktabgaça va maktab talimi vaziri Hilola Umarova hamda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Adiz Boboyev hamrohlik qildi.



Uşbu tadbir oldidan Maktabgaça talim vazirligining hududiy boşqarmalari rahbarlariga xizmat avtomaşinalari topşirildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: