USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qozoğistondagi avariya sabab Özbekistonda “svet” öçdi

402 марта

Qozoğistondagi avariya sabab Özbekistonda “svet” öçdi

Keça, 19 iyun kuni Qozoğistondagi Ekibastuz energiya tugunida yuzaga kelgan avariya sabab Özbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli elektr uzilişi kuzatildi. Bu haqda Özbekiston Energetika vazirligi xabar berdi. 
Qozoğiston elektr energiyasini uzatiş tizimi operatori KEGOC’ning malum qilişiça, 500 kVli yuqori kuçlanişdagi elektr uzatiş liniyasida soat 16:44 da kuçli şamol tufayli uziliş yuz bergan. Bu Markaziy Osiyoning yagona energiya tizimida (Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekistonni qamrab olgan) çastotaning pasayişiga olib kelgan.

“Favqulodda vaziyatni bartaraf etiş maqsadida ayrim hududlarda qisqa muddatli majburiy çeklovlar joriy etildi”, deyiladi xabarda. 
500 kV kuçlanişdagi uzatiş liniyasidagi nosozlik soat 19:30 da bartaraf etilib, Özbekiston istemolçilariga elektr taminoti töliq tiklangan.
Malumot uçun, keça, 19 iyun kuni Qozoğistonning Pavlodar viloyatida şamol tezligi sekundiga 43 metrgaça yetgan kuçli böron kuzatildi. Tabiiy ofat infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazdi, elektr uzilişlariga sabab böldi, bazi aholining jarohatlaniş holatlari qayd etildi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: