8 yaşar qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan şaxsga jinoyat işi oçildi
Сегодня, 18:58
101 марта
8 yaşar qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan şaxsga jinoyat işi oçildiIjtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida 8 yaşar qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab böldi. Holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Buxoro viloyati boşqarmasi munosabat bildirdi.
Hodisa qaçon va qayerda sodir bölgan?
Ma'lum qilinişiça, voqea joriy yilning 23-oktyabr kuni Qoraköl tumanida yuz bergan. Fuqaro Ş.R. 2018-yilda tuğilgan voyaga yetmagan qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan.
Jinoyat işi qözğatildi
Holat yuzasidan Qoraköl tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (Ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) uçinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, jarayon prokuratura nazoratida.
Qizga yordam körsatilmoqda
Qoraköl tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari qizning holatini örganib, unga zarur ijtimoiy va psixologik yordam körsatiş çoralarini körmoqda. Agentlik mazkur holatni öz nazoratiga olganini ma'lum qildi.
Eslatma: voyaga yetmagan bolaga oid bunday videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiş jabrlanuvçiga qöşimça ruhiy zarar yetkazadi. Iltimos, ularni ulaşmang. Farzandingizga nisbatan şunday holat yuz berganini bilsangiz yoki şubha qilsangiz, zudlik bilan 102 raqamiga murojaat qiling.
Aybsizlik prezumpsiyasiga köra, şaxsning aybi sud hukmi bilan isbotlanmagunça u aybdor hisoblanmaydi.
Manba: Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boşqarmasi
#Buxoro #bolalarhimoyasi #prokuratura #XorazmBugun