Cuv taminoti korxonasi inspektori 6 mln so'm pora bilan ushlandi
Xorazmda “Xorazm suv taminoti” AJ yuridik inspektori savdo shoxobchasini ichimlik suvi tarmog'iga ulash uchun 6 mln so'mni firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Malum qilinishicha, departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o'tkazilgan. Unda jamiyatning yuridik inspektori Z.A. fuqaro O.A.ning ishonchiga kirib, go'yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali savdo shoxobchasini ichimlik suvi taminotiga ulash va texnik shart hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vada qilgan.
Ushbu xizmatlar evaziga 6 mln so'mni olgan vaqtida inspektor ashyoviy dalillar bilan ushlangan. U muqaddam sudlangani ham malum bo'lgan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Namangan viloyatida tadbirkorga tegishli yer maydonini olib qo'yish bilan tahdid qilgan hokim o'rinbosari 65 mln so'm pora bilan ushlangani haqida xabar berilgan edi.