Surxondaryoda YPXdan qoçgan Captiva Lacetti bilan töqnaşdi
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida töxtaş işorasiga böysunmay qoçgan Captiva boşqa Lacetti bilan töqnaşdi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, hodisa joriy yilning 18 oktyabr kuni soat 08:20 larda tumanning Yangi quriliş mahallasida yuz bergan. Xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektori haydovçilik huquqiga ega bölmagan şaxs boşqaruvidagi Captiva rusumli avtomobilni töxtatmoqçi bölgan. Biroq haydovçi qonuniy töxtaş işorasiga böysunmay, harakatini davom ettirgan.
Inspektor öziga biriktirilgan Lacetti rusumli xizmat avtomobilida Captiva’ni kuzatib borgan. Şu vaqt haydovçi boşqaruvni yöqotib, asosiy yölda harakatlanayotgan Lacetti avtomobilining yöliga çiqib ketgan va YTH sodir bölgan.
Bildirilişiça, hozirda holat yuzasidan Oltinsoy tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda. Şuningdek, YPX inspektoriga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida yöl-patrul xizmati xodimlarining qonuniy talabiga böysunmay, qoçişga uringan haydovçi patrul avtomobiliga urilib, yöl-transport hodisasi sodir etganidan söng uşlangani haqida xabar berilgan edi.