Ohangaronda Lacetti katta tezlikda avtobus bilan töqnaşdi
Bugun, 2 sentyabr kuni Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida Lacetti katta tezlikda Isuzu rusumli avtobus bilan töqnaşdi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat tahminan 18:30 larda Toşkent viloyati Ohangaron tumani hududidan ötgan A373 “Toşkent-Öş” avtomobil yölining 75-kilometrida 1964 yilda tuğilgan haydovçi Isuzu rusumli avtobus bilan yöldan qayrilib olayotgan vaqtida qarama-qarşi yönalişdan kelayotgan 1997 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil bilan töqnaşib, yöl-transport hodisasi sodir etgan.
Hodisa oqibatida Lacetti rusumli avtomobil haydovçisiga hamda avtobusda bölgan 2 nafar yölovçiga birinçi tibbiy yordam körsatiş maqsadida şifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona şahrida haydovçi boşqaruvni yöqotişi oqibatida yöl çetidagi çiroq ustuni va daraxtga borib urilgandi.